Balyustrada (frans. balustrade — ayvon, zina panjaralari) — qatorak, terrasa, ayvon, balkon toʻsigʻi sifatida oʻrnatiladigan pastakkina panjara. B. yogʻoch va choʻyandan turli shaklda yasaladi va ustki qismi taxta yoki marmardan qilinadi. B. binolar meʼmoriy bezagining bir qismi hisoblanadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil