Bamiya, Gambo (Hibiscus esculentus L.) – gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 2,5 m gacha boradi. Tashqi koʻrinishi va gullashi bilan gʻoʻzaga oʻxshaydi. Vatani – Sharqiy Afrika. Navlari sabzavot va tola beradigan guruhlarga boʻlinadi. Hindiston, Afrika va AQShda tola olinadigan navlari ekiladi. Yetilmagan koʻsaksimon mevasi sabzavot koʻkat tarzida suyuq ovqat va salatlarga ishlatiladi. Mevasida 3% oqsil, 0,5% yogʻ, 8% uglevodlar, pishgan urugʻi tarkibida 18% moy bor. Mevasini xomligicha yeyish, pishirish, qovurish, konservalash mumkin. Poyasi oq dagʻal tola beradi; qovurilgan urugʻidan sunʼiy kofe tayyorlanadi. Tropik, subtropik mamlakatlarda, Shimoliy Amerika, Janubiy Yevropa, Zakavkazye, Krim, Ukrainaning janubi, qisman Markaziy Osiyoda, asosan, sabzavot ekini sifatida yetishtiriladi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Igbo so‘zlari va iboralari

Turkum:Abelmoschus

Turkum:Osiyo sabzavotlari

Turkum:Tropik qishloq xo‘jaligi

Turkum:Afrika dorivor o‘simliklari

Turkum:Tolali o‘simliklar

Turkum: Afrikadan kelib chiqqan ekinlar

Turkum:Afrika oshxonasi