Kepler Laveran de Lima Ferreyra (; 26 fevral 1983, Maseyo) – Pepe nomi bilan tanilgan portugal-braziliyalik, sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Pepe oʻz avlodining eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan*

.

Braziliyada tugʻilib oʻsgan Pepe 2004-yilda Portu jamoasiga oʻtishdan oldin Maritimo bilan shartnoma imzolash uchun Portugaliyaga koʻchib oʻtgan. Portudagi ilk faoliyati davomida u ikki marta Primeira Liga, ikkita Taças de Portugaliya va Qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritgan. Uch yil oʻtgach, „Real Madrid“ klubiga koʻchib oʻtgan va klubning asosiy tayanchiga aylangan va 15 ta asosiy sovrinni qoʻlga kiritgan. Real Madriddagi faoliyati davomida uchta La Liga, ikkita FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati, ikki marta Ispaniya kubogi va uchta UEFA Chempionlar Ligasi sohibi boʻlgan. UEFA Chempionlar Ligasidagi uchta gʻalabada ham hal qiluvchi rol oʻynaygan. Pepe 2017-yilda Turkiyaning „Beshiktosh“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 2019-yilda „Portu“ jamoasiga qaytgan. „Dragoes“ klubiga ikkinchi bor qaytishida ikkita liga, toʻrtta Taças de Portugal va bir Taça da Liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro miqyosda Képler Portugaliya terma jamoasi uchun toʻrtta FIFA Jahon kubogi va beshta UEFA Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Pepe 2016-yilgi UEFA Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan, final oʻyinining eng yaxshi oʻyinchisi va 2008, 2012 va 2016-yillarda UEFA Yevro Turnir jamoasi nominatsiyasiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, 2019-yilda UEFA Millatlar Ligasining ilk gʻolibi boʻlgan. 2007 va 2024-yillardagi debyuti oraligʻida Pepe 141 oʻyin oʻtkazgan. 2024-yilning 8-avgustida Pepe 23 yillik professional faoliyatidan soʻng futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.

Faoliyati Maritimu

18 yoshida Braziliyadan Portugaliyaning Maritimu klubi safiga qoʻshildi. Uch yilda davomida yoshlar jamoasida oʻynadi. Anatoliy Bishovets qoʻl ostida u himoya, hujumkor yarim himoyada va hatto hujumchi sifatida ham oʻynadi. 2004 yilda klubni tark etdi.

Portu Portu futbolchi uchun 1 mln. yevro va hamda yana uch futbolchini berishga rozi boʻldi. Pepe oʻzining Portudagi birinchi mavsumida asosan zahiradan maydonga tushdi. U asosan oʻsha vaqtlardagi jamoa faxriysi Pedro Emanuel, Xorxe Kosta va Rikardu Koshtalar oʻrniga maydonga tushdi. Lekin keyingi mavsumdan u Adrianse So qoʻl ostida tarkibning asosiy oʻyinchisi boʻla oldi. U Portudagi eng yaxshi himoyachilardan biri boʻlishga erishdi. Oʻsha mavsumda Portu ichki chempionatda gʻolib boʻldi.

Portuda oʻzini koʻrsatishga muvaffaq boʻldi. Isteʼdodli himoyachi ekanligini isbotlay oldi va 2007-yili Portudan Real Madrid jamoasiga qoʻshildi.

Real Madrid 2007-yil 10-iyul kuni Real Madrid jamoasi futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzgan. Unga koʻra, jamoa unga besh yilga 30 mln. yevro maosh toʻlashi belgilanganMadrid pick up Pepe from Porto; UEFA.com, 10-iyul 2007-yil. 2008-yil 15-martda Pepe Deportivo jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda oʻzining darvozasiga gol kiritib qoʻygan va oqibatda jamoasi 1-0 hisobida magʻlub boʻlgan. Lekin shu mavsumda jamoa La Liga gʻolibi boʻldi. Pepe esa Barselona bilan oʻtgan 1-0 gʻalabali oʻyinda eng yaxshi oʻyinchi nomiga sazovor boʻldi, u deyarli bir oʻzi raqibning hujumlarini toʻxtatishga erishgan edi. 21-aprel 2009-yili Xetafe bilan boʻlgan oʻyinda raqib futbolchilariga boʻlgan qoʻpol munosabatidan soʻng, u 10 ta oʻyindan chetlashtirildi va uning uchun mavsum tugadi. 2009/10 mavsumda Pepe yana asosiy tarkibdan joy oldi. 4 oktabr 2009 yili Sevilya bilan boʻlgan oʻyinda u oʻzining debyut golini kiritdi. Shu yilning 12 dekabrida esa Valensiya bilan boʻlgan oʻyinning birinchi boʻlimning soʻnggi vaqtida noqulay yiqilish oqibatida tizzasidan jarohat oldi va olti oy muddatga safdan chiqdi. 17 dekabrda esa Pepe jarroxlik amaliyotini boshdan kechirdiPepe uspeshno prooperirovan. Bu jarohati uning 2010-yilda boʻlib oʻtadigan Jahon Chempionatida qatnashishiga toʻsqinlik qilishi mumkin edi. 30 may 2010 yilda Portugaliya milliy futbol terma jamoasi tibbiy shtabi Pepening jarohati butkul tuzalgani va Jahon Chempionati final bosqichida qatnashishi mumkinligini eʼlon qildi. 12 iyul 2011 yilda Real Madrid bilan shartnomasini 2016 yilgacha uzaytirgan„Official announcement“. Real Madrid’s official website. 12-iyul 2011-yil. Retrieved 27-iyul 2011-yil.

Erishgan natijalari FIFAning 2008 va 2012 yillardagi Yevropa chempionatiga tuzgan ramziy terma jamoasiga kirdi. Portugaliya chempioni (2006,2007) Portugaliya kuboki (2006) Potugaliya superkuboki (2006) Qitaʼalararo kubok (2004) Ispaniya chempioni (2008, 2012) Ispaniya kubogi (2011) Ispaniya superkubogi sohibi (1): 2012

Qiziqarli faktlar

Pepe „Real Madrid“ning eng tez yuguradigan oʻyinchilar uchligiga kiradi. Pepening sevimli mashgʻuloti – Ov. Manbalar

Havolalar

Real Madrid jamoasining rasmiy saytidagi futbolchining sahifasi Profile at the FC Porto website

Pepe at Goal.com Pepe launches his own Solana meme coin.

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:26-fevralda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Segunda Divisão oʻyinchilari Turkum:C.S. Marítimo futbolchilari Turkum:FC Porto futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Beşiktaş J.K. futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar