Serxio Ramos Garsia (; Kamas, Sevilya, Ispaniya) – ispaniyalik professional futbolchi, Liga MXning CF Monterrey klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Barcha davrlarning eng yaxshi himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Ramos oʻzining jangovar mahorati, havodagi kurashlarda ustunligi, jamoaviy yetakchiligi va gol urish qobiliyati bilan tanilgan. Sergio „Real Madrid“ klubi safida 100 dan ortiq gol urgan.

Ramos „Real Madrid“ klubida oʻn olti mavsum davomida oʻynagan Klub bilan birga toʻrt marta UEFA Chempionlar Ligasi, Ispaniya terma jamoasi bilan ikki marta UEFA Yevropa chempionati va 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatida gʻolib chiqqan.

Faoliyati Serxio 14 yoshida Sevilya jamoasining koʻrigidan oʻtdi va oʻshanda oʻzini yaxshi koʻrsatdi. Tez orada u klubning yoshlar jamoasida oʻynashni boshladi.

2002/03 mavsumda Ispaniya chempionatining ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan Sevilyaning rezerv jamoasida bitta oʻyin oʻtkazdi. 2003/04 mavsumda Ramos zaxira jamoasida 25 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan holda jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi.

2004-yilning boshida oʻsha vaqtdagi Sevilyaning murabbiyi Xoakin Kaparros Ramosni asosiy jamoaning tarkibiga qoʻshdi. 2004-yil 1-fevralda Ramos Primeradada Deportivo jamoasiga qarshi debyut oʻyinini oʻtkazdi. Oʻsha yilning yozida Ispaniya yoshlar terma jamoasi bilan 19 yoshdan katta boʻlmaganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining gʻolibi boʻldi. 2004/05 mavsumda Serxio Primerada 31 ta oʻyin oʻtkazdi va 2 ta golning muallifiga aylandi. Shuningdek,UEFA kubogi oʻyinlarida ham oʻynadi. Mavsum oxiriga kelib, Serxio chempionatning kashfiyoti sifatida tan olindi.

2005-yil 26-martda Ramos Ispaniya terma jamoasining Xitoy terma jamoasi bilan kechgan uchrashuvida terma jamoadagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi. U 18 yoshda edi va Ispaniya terma jamoasida oʻynagan eng yosh oʻyinchiga aylandi. Biroz muddatdan soʻng, 2006 yilgi Jahon chempionati saralash bahsidagi Serbiya va Chernogoriya bilan boʻlgan oʻyinga asosiy tarkibga kiritildi. Oʻsha vaqtdan buyon u Luis Aragones jamoasining asosiy himoyachisiga aylandi.

2005-yilning yozida Madridning „Real“ jamoasi 27 million yevroga Ramosni xarid qildi.Barselona va Manchester Unitedlar ham uni oʻz tarkibida koʻrish istagida edi.

JCh-2006 oʻtganiga sal kam bir yildan boʻlganidan soʻng, Serxio „Real“ tarkibida faoliyatidagi birinchi katta titul, Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritdi.

Yevro-2008ning saralash bahslarida 12 oʻyindan 11 tasida ishtirok etdi va 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Mazkur turnirning gʻolibiga aylanib, Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni unvoniga sazovor boʻldi.

2010-yilgi Jahon chempionatida ham jamoasining har bir oʻyiniga tushib, jamoadoshlariga yordam berdi. Finalda Gollandiya bilan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, Ispaniya tarixida birinchi bora Jahon chempioni nomiga sazovor boʻldi. Serxio esa musobaqaning ramziy terma jamoasiga kiritildi.

2011-yil 17-mayida „Real“ bilan shartnomasini 2017-yilgacha, yiliga 4.5 million yevro maosh bilan uzaytirdiSerxio Ramos prodlil kontrakt s „Realom“ do 2017 goda.

2012-yil 7-yanvarida Ramos oʻzining Ispaniya chempionatidagi 250-nchi uchrashuvini oʻtkazdiSerxio Ramos zapisal v svoy aktiv 250-y match v ramkax chempionata Ispanii.

Shaxsiy hayoti Serxio Ramosning qalligʻi Telecino telekanalining reportyori Lara Alvarez hisoblanadi.

Oʻyin uslubi

Ramos har xil pozitsiyalarda yaxshi oʻynay oladi. Real murabbiylari ham uni bu xususiyatidan koʻplab foydalanashiadi. Masalan, baʼzi oʻyinlarda u tayanch yarim himoyachi vazifasini bajargan. Soʻnggi vaqtlarda Ramos markaziy himoyada oʻynayapti.

Statistikasi Jamoadagi statistikasi 2011-yil 4-iyulga nisbatan JamoaMavsumChempionatKuboklarYevrokuboklarJamiOʻGP OʻGP OʻGP OʻGPSevilya2003-047000000007002004-05312050051041302005-06100000000100Jami 39 2 0 5 0 0 5 1 0 49 3 0Real Madrid2005-06334061071046602006-07335230061042622007-08335451070145652008-09324321081042632009-10334500070040452010-11313271180046422011-1225346017113846Jami 220 2 0 5 0 0 5 1 0 49 3 0Faoliyatidagi jami 260 30 19 34 4 2 55 5 1 349 39 23

Yutuqlari Yevropa chempioni: 2008, 2012 Jahon chempioni: 2010 Ispaniya chempioni: 2006/07, 2007/08, 2011/12 Ispaniya kubogi: 2010/11 Ispaniya superkubogi sohibi: 2008, 2012 19 yoshgacha Yevropa chempioni: 2004

Shaxsiy yutuqlari La Liganing yil kashfiyoti : 2005 Yevropa sport jurnallari ramziy jamoasi: 2007/08, 2011/12 FIFA World XI: 2008, 2011, 2012 UEFA Yilning ramziy jamoasi: 2008 FIFA Jahon Chempionati 2010: Castrol Index gʻolibiRamos crowned as La Roja conquer ; FIFA.com, 12 Iyul 2010 FIFA Jahon chempionati yulduzlar jamoasi: 2010 UEFA Yevro 2012: Castrol EDGE Index gʻolibiRamos crowned Castrol EDGE Index winner ; UEFA.com, 2 Iyul 2012 UEFA Yevropa turniri ramziy jamoasi: 2012

Manbalar

Havolalar

Profile Sevilla FC saytida

National team data BDFutbol saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Sevilla Atlético futbolchilari Turkum:Sevilla FC futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain FC futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar