Sherzod Davlyatovich Qudbiyev (; 1981-yil 12-aprel) – 2025-yil 20-noyabrdan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi (2020—2022; 2023—2025), Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri (2022—2023). Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi (2019—2020)https://www.gazeta.uz/oz/2016/09/23/hokim/, Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri (2018—2019)https://www.xabar.uz/siyosat/bugun-yangi-rahbar-tayinlanadi.
Biografiyasi Taʼlimi 2003-yilda Fargʻona politexnika institutini tugatganhttps://daryo.uz/2018/04/12/bandlik-va-mehnat-munosabatlari-vazirligiga-yangi-rahbar-tayinlandi/|éditeur=Daryo}}.https://www.gazeta.uz/ru/2018/04/12/minister/https://www.gazeta.uz/ru/2016/09/23/hokim/.
Mehnat faoliyati 2003—2010-yillarda Mehnat vazirligida turli lavozimlarda, 2010—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti bosh mutaxassisi, 2012—2015-yillarda Mehnat vazirligi ilmiy-tadqiqot markazi direktori, 2015—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti rahbarining oʻrinbosari, 2016—2018-yillarda Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi vazifalarida ishlagan.
Hukumatdagi faoliyatini 2018—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri sifatida boshlagan.
2019—2020-yillarda Oʻzbekiston Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi.
2020-yil may oyidan 2022-yil oxirigacha hamda 2023-yil avgustdan 2025-yil 20-noyabrgacha – Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi.
Shu bilan birga, 2022-yildan 2024-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan birlashtirilgunga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasining fiskal instituti rektori vazifasini ham bajargan.
2022-yildan – Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi vazifasini ham bajarib kelmoqdaSherzod Kudbiyev Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi.
2022-yil 30-dekabrdan 2023-yil 3-avgustgacha – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri.
2025-yil 20-noyabrdan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi.
Sud ishi Sherzod Qudbiyev 2021-yilda Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev ustidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 99, 100, 1021 va 1022-moddalari hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 33, 189 va 191-moddalariga asosan ish qoʻzgʻatishni soʻrab sudga murojaat qilgan. Uning sudga murojaat qilishiga Rasul Kusherbayevning 2021-yil 23-fevralda human.uz saytiga bergan intervyusi sabab sifatida koʻrsatilgan. Shikoyat arizasida Kusherbayev oʻz xatti-harakatlari bilan soliq organlariga 4.6 mlrd soʻm maʼnaviy zarar yetkazilgani daʼvo qilingan. 2021-yil may oyida Davlat soliq qoʻmitasi birlashgan kasaba uyushmasi vakillari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev uchrashib, masalani sudgacha olib bormasdan hal qilishga kelishib olgach, sud ishi toʻxtatilgan.
Jurnalistlar bilan munosabati Sherzod Qudbiyev jurnalistlar bilan munosabatlariga doir chiqishlari bilan ham mashhur boʻlgan. Jumladan, 2021-yilda „Toshkent 5 tashabbus harakati“ doirasida Qudbiyevning yoshlar bilan uchrashuvida „obnal ishi“ haqida soʻragan jurnalistni „hayp uchun“ savol bermaslikka chaqiradi. 2022-yil yanvardagi matbuot anjumanida jurnalist qizga „xalq nomidan gapirish huquqi yoʻqligi“ni bildirib, jurnalistni „yosh qizcha“ deb atagani internetda faol muhokama qilingan.
Tanqidlar 2020-yil oktyabr oyida internetda Sherzod Qudbiyevniki ekanligi aytilgan audio xabarlar tarqaladi. Unda DSQ raisi tadbirkorga ortiqcha toʻlangan QQS summasi oʻz vaqtida qaytarilmagani, uning hisob raqamini yopib qoʻyilganidan gʻazablanib, xodimni haqorat qilgan. Keyinchalik Qudbiyev audio oʻziga tegishli ekanligini tan olgan. 2021-yil may oyida Qudbiyev qalampir.uz jurnalistiga bergan qisqa intervyusida tarqalgan audio uchun oʻgʻil-qizi va ota-onasidan uyalganligini taʼkidlagan
Mukofotlari 2024-yil 24-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston vazirlari Turkum:Oʻzbekiston davlat qoʻmitalari raislari Turkum:Oʻzbekiston Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar