Narx-franko — tovarni haridorga tashib yetkazib berish sarflarini ham oʻz ichiga olgan ulgurji narx. U odatdagi narxdan transport sarflarining kiritilganligi bilan farqlanadi. Tovarni sotuvchi tashib yetkazish manzili — temir yoʻl st-yasi, kemalar porti, om-bor yoki davlat chegarasi boʻlishi mumkin. Manzilning uzoq-yaqinligiga, to-varning ortib-tushirib berilishiga qarab N.-f. har xil boʻladi. N.-f. haridor uchun qulay boʻlib, transportni tashkil etish muammolaridan ozod qiladi.
Xalqaro savdoda N.-f.ning SIF, FAS, FOB singari tijorat shartlari bor. SIF (ing. Cost, Issurance, Freight — qiymat, sugʻurta, fraxt) — tovarning sotilish narxiga tovar qiy-mati, sugʻurta va manzilgacha transport harajatlari ham kiradi; FAS (Free Alongside Ship — kema boʻylab erkin) — sotuvchi oʻz tovari uchun kema yollay-di, tovarini kemagacha oʻzi hisobidan yetkazib va ortib beradi; FOB (Free on Board — kemada erkin) — kemani xa-ridor yollaydi, sotuvchi oʻz tovari uchun kemaga yuklash davriga qadar javobgar boʻlib, tovar narxi bevosita tovar qiymati va uni yuklashgacha boʻlgan harajatlardan tagi kil topadi (yana qarang Franko).OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi