Yorcholli () — Tatariston Respublikasidagi shahar (1930-yildan, 1982—1988 yillarda Brejnev shahri). Kama daryosidagi pristan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Krugloye Pole (17 km). Aholisi 520,3 ming kishi (1998). Ilgari yogʻochsozlik, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati markazi edi. 1970-yilda Kama avtomobil zavodining qurilishi munosabati bilan tez rivojlandi. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Quyi Kama GES bor. Politexnika, pedagogika institutlari, qoʻgʻirchoq teatri ishlab turibdiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Tatariston shaharlari Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Turkum:Tatariston