Mira (lotincha — ajoyib) — Kit yulduz turkumida kuzatilgan birinchi oʻzgaruvchan yulduz. 1596-yilda nemis astronomi Fabritsius aniqlagan. Ravshanligi oʻrtacha 331,5 sutkalik davr bilan 2,0 dan 10,1 yulduz kattaligi orasida oʻzgarib turadi. Miraning diametri taxminan 500 mln. km, Quyoshdan uzoqligi 77 parsek.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Yulduzlar