Mahmud Tarziy (23.8.1865, Gʻazna – 22.11.1933, Istanbul) – Afgʻoniston davlat arbobi, tarixchi. Yosh afgʻonlar harakatining gʻoyaviy rahbari. Damashq, Istanbul va boshqa shaharlarda taʼlim olgan. 1903-yilda Afgʻonistonga qaytib kelgan. 1911—1919-yillarda „Siroj ul-axbor“ („Xabarlar chirogʻi“) gazetasi noshiri va muharriri. Afgʻonistonda maʼrifatparvarlik gʻoyalari tarqalishiga munosib hissa qoʻshgan. Omonullaxon hokimiyat tepasiga kelgach, yangi hukumatda tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi (1919—1922, 1924—1927). Hukumat ichida bir-biriga qarama-qarshi 2 guruh boʻlib, Mahmud Tarziy taraqqiyparvar kuchlarga boshchilik qilgan. K. keskin (radikal) ichki islohotlar oʻtkazish, konstitutsion tartib oʻrnatish, tinchliksevar tashqi siyosat olib borishni yoqlab chiqqan. Bosh vazir Abdulquddusxon Ittimadiy uning bu fikrlariga qarshi turgan va konstitutsion gʻoyalarni targʻib qilayotgan kishilar qatl qilinishiga fatvo berilishini talab qilgan. 1928—1929-yillarda Afgʻonistonda Omonullaxonga qarshi Xabibulla – Bachai Saqqo (1880—1929) rahbarligida koʻtarilgan qoʻzgʻolondan keyin, Turkiyaga koʻchib ketgan. U Afgʻoniston tarixi va madaniyatiga oid asarlar yozgan. Badiiy ijod bilan ham shugʻullanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Yana qarang Yosh afgʻonlar
Manbalar
Adabiyot Nazarov X., Sotsialnie dvijeniya 20-x godov XX veka v Afganistane, Dushanbe, 1989.
Turkum:Pushtunlar Turkum:19-asr afgʻon siyosatchilari Turkum:Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirlari Turkum:Afgʻonistonning Fransiyadagi elchilari