right|450 px thumb|(XIX asr oxiri) Marv (; ; , Marv, xitoycha: 木鹿, Mulu; Avestoda: Mouru) — bir vaqtlar Saljuqiylar davlati ( al-Salājike, Saljūkiyān)ning poytaxti boʻlgan Oʻrta Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri. Bayramali shahri (Turkmaniston) yaqinida joylashgan. Marvning qoldiqlari 5 qalʼa (Erk qalʼa, Gabr qalʼa, Sulton qalʼa, Abdullaxon qalʼa, Bayramalixon qalʼa) xarobalaridan iborat. Marv xarobasida XIX asrning 80-yillaridan V. A. Jukovskiy, 1946-yildan M. Ye. Masson rahbarligidagi Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, keyingi yillarda Ashxobod, Toshkent, Moskva va SanktPeterburgdan kelgan arxeologlar guruhi qazishma ishlarini olib borgan. Marvning eng qadimiy qismi — Erk qalʼa (maydoni 12.ga) miloddan avvalgi birinchi mingyillikning 1-choragidan mavjud boʻlgan. Marvning ravnaq topgan (Parfiya va ilk sosoniylar) davri mil. av 2— milodiy III asrga toʻgʻri keladi. Bu davrda Marv Gabr qalʼa va Erk qalʼa hududlaridan iborat boʻlib, Erk qalʼa Marvning arkiga aylangan. Shahar va uning atrofi (60 km²) mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Milodiy III asrdan M. Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan, VII asrda esa arablar tomonidan bosib olingan. VIII asr oʻrtasida Marv — Abu Muslim harakati markazi. left|thumb|352x352px IX asrda Marvda ilm-fan ravnaq topdi, u arab xalifaligining Xuroson va Movarounnaxr noibligining poytaxti rolini oʻynadi. Maʼmun ibn Horun ar-Rashid davrida Marvda Bagʻdod akademiyasining asosini tashkil etgan marvaziylar maktabi tarkib topdi. Oʻrta asrdagi Marvning ravnaq topgan davri XI—XII asrlarning 1-yarmiga toʻgri keldi; bu davrda u buyuk Saljuqiylar davlatining poytaxti boʻlgan (Sulton qalʼa harobasida Sulton Sanjar maqbarasi joylashgan). XII asr oxiri — XII asr boshida Marv Xorazmshohlar davlatining yirik markazi boʻlgan. 1222-yilda shahar moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. XIII asr oʻrtasi — XIV asrda shahar qisman tiklangan (ayniqsa, uning rabod qismi). XV asr boshida Shohrux davrida qisqa muddat ravnaq topgan. Marvdan oʻrta asrlarda koʻplab olimu fuzalolar yetishib chiqqan. 1510—24 va 1601 — 1747 yillarda Marv forslar qoʻlida boʻlgan. Marv urushlari tufayli inqirozga yuz tutgan (1790) va markaz Marvdan 30 km gʻarbga Mari shahriga koʻchganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari Turkum:Buyuk Ipak yoʻli boʻyidagi aholi punktlari Turkum:Aleksandr asos solgan shaharlar Turkum:Parfiya shaharlari Turkum:Marv Turkum:Turkmanistondagi Jahon merosi Turkum:Vayron qilingan aholi punktlari Turkum:Turkmanistonning qadimiy shaharlari Turkum:Qadimgi Turkmaniston