Mamluklar (arab tilida. — qul, xususan — oq qul) — Misrda hukmronlik qilgan Ayyubiylar sulolasi (1171—1250)ning soʻnggi hukmdorlari qoʻshinini tashkil qilgan, nasl-nasabi turkiy va Kavkaz xalqlari (gruzin, cherkas va boshqalar)dan boʻlgan qul-jangchilar. Ularni yoshligidan oʻgʻirlab olib ketishgan va maxsus harbiy ilmga oʻrgatishgan. Ular nihoyatda qahrli, jasur boʻlgan. Eng jasurlari oddiy Mamlukdan sarkarda, podsho darajasigacha koʻtarilgan. Ulardan ayyubiylarning xos qoʻshini (gvardiya) tashkil etilgan. Mamluklar 1250-yildan Misrda (1517-yilgacha) va Suriyada (1516-yilgacha) davlatni mustaqil boshqarishgan. Mamluklarning 2 sulolasi (Bahriylar va Burjiylar) mavjud boʻlganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Yana qarang Mamluklar davlati
Manbalar
Turkum:Ayyubiylar davlati Turkum:Abbosiylar xalifaligi Turkum:Qullik Turkum:Turkiy xalqlar