Koʻkaldosh madrasasi (Koʻkaltosh madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Buxoro shahrining tarixiy markazida, Labihovuz ansamblining shimoli-sharqiy tomonida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti.

Buxoro xonligining poytaxtida 1568/69-yilda Qulbobo koʻkaldosh tomonidan bunyod etilgan madrasa, shu davrdan boshlab, hozirgi kungacha Markaziy Osiyoning eng yirik madrasasi maqomini oʻzida saqlab turibdi.

Buxoro xonligi, Buxoro amirligi va Buxoro xalq sovet respublikasining oʻziga xos Fanlar akademiyasi (Dor ul-fununi) boʻlgan.

Hozir Buxoroda eng ogʻir ahvolda qolib ketgan madaniy meros obyektlaridan biri boʻlib, unda ayollar goʻzallik saloni, video-montaj ustaxonasi, ofislar, doʻkonlar, hunarmandchilik ustaxonasi va hujra-muzeyi joylashgan. Aksariyat hujralari taʼmirtalab ahvolda qolib ketgan.

Tarixi Madrasaning vaqf hujjatlarini oʻrganishga doir tadqiqotlar Koʻkaldosh madrasasining vaqf hujjatlari ilk bora professor Muso Saidjonov tomonidan oʻrganilib, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Keyinchalik, hujjatlar Abdusattor Jumanazar tadqiqotlari davrida qayta oʻrganib chiqilgan.

Madrasaning bizgacha ikkita vaqf hujjati yetib kelgan. Biri asl (1593—1594-yillarda tuzilgan), ikkinchisi Buxoro amirligi hukmdori Amir Shohmurod (1785—1800) davrida koʻchirilgan nusxa. Asl nusxa charm gʻilofli, oʻram shaklida, tili forsiy, nastaʼliq xatida yozilgan. Koʻchirma nusxa ham asliga mos.

Vaqf hujjatida Koʻkaldosh madrasasi qurilishi bilan bogʻliq shunday maʼlumotlarni koʻrish mumkin:

Madrasaga asos solinishi thumb|right|Buxoro xonligi hukmdori Abdullaxon IIning portreti Shayboniylar oʻzbek sulolasi davrida davlat poytaxti boʻlgan Buxoro shahri ilm va maʼrifat kishilari jamlangan bir goʻshaga aylangan. Ubaydullaxon davrida (1509—1540) Buxorodagi ilmu-hunar ahli shunday yuksak bir darajaga erishdiki, bu jihatdan shahar Sulton Husayn Boyqaro zamonasidagi Hirotni ham esga solib turgan boʻlsaMirza Muxammad Xaydar. Tarixi Rashidi., Abdullaxon II hukmronligi davrida (1557—1598) poytaxtning sarhadi koʻpaydi. Shaharda rekonstruksiya ishlari davom ettirildi, ana shu taʼmirlash va takomillashtirish jarayonida eski toʻkilgan binolar taʼmirlangan yoki butunlay buzib tashlangan va ayrim koʻchalar kengaytirilgan edi. Eski shahar va Yangi shahar bozorlari hududida meʼmorchilik majmualari — masjidlar, hammomlar, karvonsaroylar va hokazolarni oʻz ichiga olgan oʻziga xos diniy-ijtimoiy markazlar vujudga keldi. Bozorlar kengayib borishi natijasida turarjoy binolarini siqib, nari surish jarayoni ham yonma-yon kechdi. Yangi turarjoy mavzelari, xonaqoh, masjid va madrasalar Buxoro chekkalaridagi odamlar bir mahallar tashlab ketgan maskanlarda bunyod etila boshladi. Abdullaxon II va uning amirlari, ularning orasida esa eng nufuzlisi Qulbobo koʻkaldosh qurilishlarning asosiy donatorlaridan (homiylari va buyurtmachilaridan) biri sifatida ish koʻrgan edi.

Koʻkaldosh madrasasi 1568—1569-yillarda Buxoro xonligi poytaxtining markaziy koʻchalaridan birida, Qoqilai hurd yoki Koʻkaldosh guzarida, oʻzbek hukmdori Abdullaxon II (1557—1598) hukmronligi davrida, xonning hohishi bilanAbdullaxon II Oʻrta Osiyoda yirik madrasa qurishga qaror qilib, bu ishni Qulbobo koʻkaldoshga ishonib topshiradi, uning yaqin vaziri va sarkardasi Qulbobo koʻkaldosh donatorligida bunyod etilgan. U kattaligi va egallagan maydoni jihatidan avvalgi madrasalardan ustun oʻlaroq, bu davrda nafaqat Buxorodagi balki Markaziy Osiyodagi (Oʻrta Osiyodagi) eng yirik madrasa inshooti boʻlib, hozirga qadar shu maqomni oʻzida saqlab qolgan.

Madrasa uchun Qulbobo koʻkaldosh Buxorodagi tim, govxona, nonvoyxona, hammom, 2 karvonsaroy, 27dan ortiq doʻkonlarni (paxta savdosi, sarroflik, qassoblik, oshpazlik, boʻyoqchilik, tarvuzfurushlik va hokazolar); Kasbidagi Nayiston qishlogʻini toʻlaligicha; Harqonruddagi Xatoizza (yoki Xatogʻarra), Zulayho qishloqlarini; Gʻijduvondagi Qasri quzzot qishlogʻini vaqf qilgan. Oradan bir qancha vaqt oʻtib, jamoat arboblari, olim-u ulamolar va din peshvolari ham oʻzlarining turli miqdordagi mulklarini ushbu madrasa uchun vaqf qiladi. Shuningdek, dinga, fiqh va arab grammatikasiga oid kutubxona kitoblari ham madrasa foydasiga vaqf qilingan boʻlib, ularning roʻyxati bizgacha yetib kelgan.

Rivoyat qilinishicha, Koʻkaldosh madrasasining vaqfiga kiritilgan hammom, hozirgi Mavlono Sharif xonaqosi oʻrnida boʻlgan. Vaqf taʼsischisining vasiyatiga koʻra, ushbu hammomda madrasa talabalari bepul choʻmilishlari kerak boʻlgan. Bino yomon holatga kelib qolgandan soʻng, Mavlono Sharif madrasa vaqfi foydasiga topshirish uchun Dungiyon qishlogʻidan yer maydoni sotib oladi. Buning evaziga hammom uning xususiy mulkiga oʻtadi, u hammomni buzdirib, oʻrniga xonaqo bunyod ettiradi.

Koʻkaldosh madrasasi vaqfi istifodasiga kiritilgan 2 karvonsaroydan biri Soʻxta deb nomlangan. Unga oʻt ketishi natijasida yonib ketgan va oʻrnida bizgacha yetib kelgan Noʻgʻay karvonsaroyi qurilgan. U unchalik ham sezilarli boʻlmagan oʻzgarishlar va chekinishlar bilan oʻz oʻtmishdoshini deyarli aynan takrorlagan.

Madrasa hayoti va undagi taʼlim tizimi thumb|right|Eski Buxoroning eng qadimiy eskizi. Old planda Koʻkaldosh madrasasi fasadining chap qanoti va guldasta, bir oz uzoqroqda — Ernazar elchi madrasasi. (1880-yil). Koʻkaldosh madrasasi Buxoro xonligi (amirligi) taʼlim tizimining eng oliy toifadagi oʻquv dargohi — oʻziga xos Fanlar akademiyasi edi. U oʻzining ushbu maqomini Buxoro xalq sovet respublikasi tashkil etilgandan soʻng ham yoʻqotmadi. Madrasa bu davrda yagona Dor ul-funun boʻlib qoldi. Qolgan yirik madrasalar esa Dor ut-tolibin (Mulla Tursunjon, Govkushon, Abdullaxon madrasalari) va Doril-mudarrisin (Mir Arab madrasasi) deya ataladigan boʻldi.

Buxoro ilm va taʼlim-tarbiya tizimining eng oliy toifadagi olimlari — oxund, aʼlam, muftilar biror masalani hal etish maqsadida, odatda, ushbu madrasada yigʻilishgan. Madrasaning mudarrisi oxund, oliy taʼlim sohasidagi oliy darajani egallagan, ziyoli olimlar ichidan taʼyinlangan. Abdurahmon Abdulloh oxund ushbu toifa vakili toʻgʻrisida shunday maʼlumot yozib qoldirgan:

Madrasaning 1 nafardan mudarrisi, imomi, muazzini va 2 nafar farroshi vaqf mablagʻidan ish haqi, talabalar esa — stipendiya olishgan.

Maliho Samarqandiy, Ziyo Sadr kabi olimlar yozishicha, oʻtgan besh yuz yil mobaynida Markaziy Osiyodan tashqari Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Rossiya, Turkmaniston, Kavkaz kabi oʻlkalarning ilm talab ziyolilari Koʻkaldosh madrasasida taʼlim olishgan.

Talabalar hujralarda yashashgan. Bitta hujrada 2 nafar talaba yashagan. Mashgʻulotni 2 oy uzrli sababsiz tark etgan talaba madrasadan chetlashtirilgan.

Koʻkaldosh madrasasining vaqf hujjatida uning muassisi qayd etgan shartga koʻra, vaqfga oʻtkazilgan kitoblar 2 mutavallining ixtiyoriga berilgan. Ularning biri madrasa vaqfining koʻchmas mulk mutavallisi, ikkinchisi esa kutubxona mutavallisi boʻlgan.

Madrasada talabalarning oʻqitilishi taxminan 20 yil davom etgan. Madrasa oʻquvchisi (mullobacha) birinchi 3—4 yildan soʻng muazzin (yoki soʻfi) unvonini olgan. Yana 1—2 yil oʻtib dahyak unvonini qoʻlga kiritgan. Bu unga stipendiya olish huquqini bergan. Dahyak stipendiyasining qiymati yiliga 120 tangani tashkil etgan. Yana bir qancha vaqt oʻtib esa dahyak qori boʻlgan. Taʼlimning keyingi bosqichida talaba salovot dushambegi unvonini olgan. Shundan soʻnggina madrasa kursi tugallangan hisoblanib, talabaga mudarris unvoni berilgan. Mudarris bir necha yillar davomida bir guruh talabalarni qabul qilgan holda bepul taʼlim bergan. Soʻngra unga madrasa vaqfidan yilik maosh belgilangan.

Maʼlumotlarga koʻra, madrasa talabalari quyidagi 3 toifaga ajratilgan. Past qadam — yillik maoshi 3 tilla, Sarf ilmidan Tahzibgacha oʻqigan; Miyona — yiliga 3,5 tilla olgan, Tahzibdan Mulla Jalolgacha oʻqigan; Pesh qadam — Mulla Jaloldan keyin davom ettirgan va yiliga 5 tilla haq olganXanikov N. V. Opisanie Buxarskogo xanstva. — SPb.b 1843..

Buxoro xonligi (amirligi) davrida madrasada bir-necha marotaba kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan: peshtoqining qulab tushgan ravoqi qayta tiklangan, sharqiy tomonining 2-qavati arkadalari qayta qurilgan va boshqalar.

Koʻkaldosh madrasasi mudarislari MudarrisMudarrislik davriIzohOxund Yusuf QorabogʻiyImomqulixon davri1645-yilda vafot etganMavlaviy (Mavlono) Sharif BuxoriyAbdulazizxon va Subhonqulixon davri1690-yilda vafot etganOxund Inoyatulloh BuxoriySubhonqulixon va Ubaydullaxon II davriHodixoja ibn NizomiddinxojaAbulfayzxon davriAtoullaxoja ibn HodixojaAbulfayzxondan Amir Shohmurod davrigachaDomulla Abduboqi NamanganiyAmir Haydar davriQozi IbodullaxojaAmir Haydar davriShermuhammad oxundAmir Haydar davriDomullo Hasan oxund ibn Xol az-Zarir al-BuxoriyAmir Nasrullaxon davriMuhammad Sultonxoja oxundAmir Nasrullaxon davri1868-yil 7-iyulda 83 (milodiy 81) yoshida vafot etganOxundi Aʼlam Buxoriy Abdumoʻminxoja MujaddidiyAmir Nasrullaxon davri1869/70-yilda vafot etganOxund Ixtiyorxon ShahrisabziyAmir Muzaffarxon davriMulla Yahyo fayzAmir Abdulahadxon davri1887-yilda taʼyinlangan+

Koʻkaldosh madrasasida tahsil olgan mashhur shaxslar

NomiRasmiYashagan davriBoborahim Mashrab100x100px1640—1711Mahtumquli100x100px1733—1791Amir Shohmurod1741—1800Marjoniy Shahobiddin100x100px1818—1889Sadriddin Ayniy100x100px1878—1954Jalol Ikromiy100x100px1909—1993+

Madrasada taʼlim berish tugatilgandan keyingi davr thumb|right|Madrasa hovlisi oʻrtasiga yevropacha uslubda qurilgan imoratning koʻrinishi

1929-yil madrasa hovlisiga yevropacha uslubda qurilgan imorat bizgacha yetib kelmagan. thumb|right|Old planda Koʻkaldosh madrasasi fasadining chap qanoti va guldasta, bir oz uzoqroqda — Ernazar elchi madrasasi. (1925-yil). 1930-yillarda madrasada muzey joylashgan. Uning ekspozitsiyasi uchun esa madrasaning 2 katta zali (masjid va darsxona) ajratilgan. Muzey xodimlarining kabinetlari madrasa hujralarida joylashgan.

Bu davrda binoning holati achinarli holatda boʻlgan: bir nechta kuchli deformatsiyaga uchragan, katta yoriqlari va yemirilgan qismlari mavjud boʻlgan. Ayniqsa, chuqur yoriqlari boʻlgan guldastali janubi-gʻarbiy qismi halokatli ahvolda qolib ketgan. Shuningdek binoning sharqiy qismi ham sezilarli darajada vayron boʻlgan.

Madrasa taʼmirlangandan soʻng atrofi ochilib kichik skverga aylantirilgan. 1950-yillarning soʻngi — 1960-yillar boshida madrasada Buxoro oblasti (viloyati) arxivi joylashgan.

1960—1970- va 1995—1997-yillarda madrasa taʼmirdan chiqarildi. Koʻkaldosh madrasasi 1970-yillari taʼmirlanib, koshinlar bilan qaytadan bezatilib, peshtoqiga koʻrsatkich-taxta osib qoʻyildi. 1980-yillari oʻrtasida shu holat saqlanib, ammo qayta qoʻyilgan koshinlari pishiq boʻlmagani yoki quyosh nurlari taʼsirida, yo ob-havo taʼsirida nuray boshlagan. Bir necha yillardan soʻng oʻsha koshinlar ham tushib ketgan.

2010-yilda tasdiqlangan hukumat dasturiga koʻra, 2015—2016-yillarda madrasani tadqiq etish, favqulodda hududlarini qismlarga ajratish (demontaj qilish), konstruktiv mustahkamlash, umumiy koʻrinishini (dekorini) tiklash, asl holiga keltirish va konservatsiya qilish, shuningdek zamonaviy foydalanish uchun moslashtirish maqsadida 350 million soʻm ajratish rejalashtirilganligiga qaramay u hozirga qadar Buxoroda eng ogʻir ahvolda qolib ketgan madaniy meʼros obyektlaridan biri boʻlib qolmoqda .

Shu dasturga koʻra, 2020-yilda madrasa hovlisidagi yevropacha uslubda qurilgan imoratni tadqiq etish, tiklash, asl holiga keltirish, zamonaviy foydalanish uchun moslashtirish maqsadida alohida 10 million soʻm ajratish rejalashtirilgan. Lekin, nomaʼlum sabablarga koʻra madaniy meʼrosning ushbu boʻlagi 2010-yillarda buzilib, butkul yoʻq qilib yuborilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti qaroriga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari evaziga, madrasada turistik mavsum boshlanganida oʻzbek milliy musiqasi, shashmaqom va xalq qoʻshiqlaridan foydalanib teatrlashtirilgan konsert tomoshasi oʻtkazilishini tashkillashtirish rejalashtirilgan.