Hans Adolf Krebs (1900. 25.8, Xildesxaym, Germaniya — 1981)— ingliz biokimyogari. London qirollik jamiyati (1947-yildan) va AQSH Milliy Fanlar akademiyasi (1964-yildan) aʼzosi. Gyottingen, Freyburg, Myunxen va Berlin universitetlarida oʻqigan (1919—1925) va ishlagan (1926—33). Oksforddagi Qirol kasalxonasi professor (1967-yildan). Asosiy ishlari hayvonlar organizmida moddalar almashinuvini oʻrganishga oid. 1932-yilda aminokislotalardan karbamid (siydikchil) hosil boʻlishini aniqlagan (ornitin halqasi). 1937-yilda trikarbon kislotalar halqasini (qarang Krebs halqasi), shuningdek, organizmda dikarbon va trikarbon kislotalar siklini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1953)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1900-yilda tugʻilganlar Turkum:25-avgustda tugʻilganlar Turkum:1981-yilda vafot etganlar Turkum:22-noyabrda vafot etganlar Turkum:Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari
Turkum:1919-yilda tugʻilganlar Turkum:1925-yilda vafot etganlar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari