250px|right Nikolay Leopoldovich Korjenevskiy (1879.6.2, Vitebsk guberniyasi — 1958.31.10, Toshkent) — tabiiy geograf va glyasiolog. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1947). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1939). Geografiya fanlari doktori (1937). Oʻrta Osiyo universitetining tabiiy geografiya kafedrasi professor, mudiri (1927-yildan). Oʻrta Osiyo Gidrometeorologiya institutida konsultant va glyasiologiya boʻlimining boshligʻi (1926—58). Ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi va muzliklariga bagʻishlangan. K. Oʻrta Osiyo muzliklarining dastlabki katalogini tuzgan (1930), 70 ga yaqin muzlik va choʻqqilarni oʻrganib ilmiy adabiyotga kiritgan. Ustyurt platosi, Moʻyinqum, Qirgʻiziston tizmasi, Qorakoʻl, Yashilkoʻl, Sarez, Iskandarkoʻl va Balxash koʻllarini tadqiq qildi. Pomir va Tyaniianda 3 muzlik va Orqa Olay tizmasidagi choʻqqi K. nomi bilan atalganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Adabiyot Nikolay Leopoldovich Korjenevskiy (1879-1958), T., 1962. Katalog lednikov Sredney Azii, T., 1930; Srednyaya Aziya. Kratkiy fizikogeograficheskiy ocherk, 2 izd., T., 1941; Priroda Sredney Azii, T., 1960.
Turkum:Kishilar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1879-yilda tugʻilganlar Turkum:1958-yilda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzoslari Turkum:Markaziy Osiyo geografiyasi Turkum:Geografiya fanlari doktorlari Turkum:Rossiya Imperiyasi geograflari Turkum:Oʻzbekistonlik geograflar Turkum:Sobiq Ittifoq geograflari Turkum:XIX asr geograflari Turkum:XX asr geograflari Turkum:Alifbo bo‘yicha geograflar