Vladimir Dmitriyevich Karitskiy (1930.27.1, Samarqand) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1959). 1956-yildan maktablarda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi, 1966-yildan Oʻzbekiston Maorif vazirligida metodist, tuman xalq maorifi boʻlimida yoʻriqchi, 1977-yildan Mirobod tumanidagi 31-, 1987-yildan 263-maktab direktori. U maktabda fizika, matematika, EHM boʻyicha chukur oʻzlashtiradigan litsey sinflarini ochganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:27-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari