Kanareyka() — gʻarbiy Osiyo, Yevropa va Afrikada uchraydigan chumchuqsimonlar turkumining qiziltoʻshlar oilasiga mansub kichik qushlar urugʻi. Patlarida odatda sariq rangda. Oʻzbekistonda bir turi Qizilbosh kanareyka (Serinus pusillus) tarqalgan. Taksonomiya va sistematika Kanareyka urugʻi 1816-yilda nemis tabiatshunosi Carl Ludwig Koch tomonidan dastlab bitta tur — oddiy kanareykani (Serinus hortulanus) joylashtirish uchun ajratilgan. Bu nom Karl Linney Fringilus serinus deb tasniflagan turning sinonimi boʻlgan. Hozirda bu tur Serinus serinus deb nomlanadi.
Keyinchalik bu urugʻ tarkibiga koʻplab turlar kiritilgan. 2012-yilda italiyalik zoolog Zuccon boshchiligi ostida chumchuqsimonlar oilasining sistematikasini aniqlashtirish bo‘yicha keng qamrovli molekulyar tadqiqotlar natijasida, urugʻni ikkita monofiletik guruhga ajratish taklif qilindi va bu taklif Xalqaro ornitologlar ittifoqi tomonidan qabul qilindi. Kanareykalar urugʻi oddiy kanareyka va yana yetti turni qamrab oldi, Afrika va Arabistonda tarqalgan turlar esa, qayta tiklangan Crithagra urugʻiga kiritildi. Turlari Qizilbosh urug‘i 8 turni o‘z ichiga oladi. Tashqi koʻrinishi Nomi Lotincha nomi Tarqalish hududi Qizilbosh kanareyka Serinus pusillus Alp togʻlardan Himolay togʻlarigacha Yevropa kanareykasi Serinus serinus Yevropaning janubiy va markaziy qismlari, hamda Shimoliy Afrika Suriya kanareykasi Serinus syriacus Suriya, Livan, Falastin, Iordaniya va Saudiya Arabistoni Atlantika kanareykasi Serinus canaria Kanar orollari, Azor orollari va Madeyra Kap kanareykasi Serinus canicollis Afrikaning janubiy qismi Sariq tojli kanareyka Serinus flavivertex Afrikaning sharqiy qismi va Angola Efiopiya kanareykasi Serinus nigriceps Efiopiya Qora boshli kanareyka Serinus alario Lesoto, Namibiya va Janubiy Afrika Respublikasi
Tashqi koʻrinishi Kanareykani ispanlar XV asrning oxirlarida Kanar orollaridan Yevropaga olib kelishgan (nomi shundan olingan). Tabiatda Kanar, Madeyra va Azor o.larida tapqalgan. Tanasining uz. 12—14 sm. Narining patlari sargʻish-yashil, modasi yashil. Oʻrmon, bogʻ va butazorlarda yashaydi. Daraxtlarda uya yasab, 3—5 tagacha tuxum qoʻyadi. Bir yilda 2 marta joʻja ochadi. Oʻsimliklar urugʻi va mevalari bilan oziqlanadi. Yaxshi sayragani uchun xonadonlarda ham boqiladi. Kanareykaning har xil sayroqi va dekorativ (kokildor, jingalak patli, bukri) zotlari chiqarilgan. Yovvoyi Kanareyka har u xil ovozlarga taqlid qila oladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Qushlar