Qamara Shodmonovna Kamolova (1938-yil, 12-sentyabr, Buxoro) – rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). Faoliyatini 1964-yil Toshkent telestudiyasida boshlagan. 1965-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida kinorejissyor. „Gʻaroyib sarguzasht“, „Rahim va qoʻngʻiz“, „Bulutni kim yasadi“, „Qiz-bola va yulduzcha“, „Velosipedcha qochib ketdi“ kabi multfilmlarni ishlagan. Eng yaxshi badiiy filmlari: „Achchiq danak“, „Oʻzganing baxti“, „Ertaga chiqasanmi?“, „Nabiramiz militsiyada ishlaydi“, „Boʻlmagan narsa haqida“, „Yovvoyi“, „Atrof qor bilan qoplandi“ va b. 1993-yil „Shod“ studiyasini tashkil qilib, unga rahbarlik qilib keladi. „Achchiq danak“ filmi Qohira kinofestivali (1978)ning „Kumush Nefertiti“ sovrini, Fransiyaning Strasburg sh.da oʻtkazilgan kinofestival (1979) sovrini bilan taqdirlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:1938-yilda tugʻilganlar Turkum:9-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik ssenariychilar Turkum:O‘zbekiston kinorejissyorlari