Vodnik — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanidagi shaharcha (1958-yildan). Amudaryoning chap sohilida, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Xoʻjaylidan 11 km shimoli-sharqda. Aholisi 6 ming kishini tashkil etadi (2000). Vodnikda paxta tozalash zavodi, maktab, kutubxona bor. Vodnik bilan Taxiyatosh, Xoʻjayli va boshqa shaharlar orasida avtomobil qatnovi mavjud.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekiston:Shaharchalar Turkum:Xoʻjayli tumani