Artralgiya (yunoncha: arthron — boʻgʻim va algos — ogʻriq) — boʻgʻimlar ogʻrigʻi; asosan artrit va artroz, shuningdek brutsellyoz, angina, gripp va boshqa koʻpgina yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Artralgiyada bemor darmonsizlanadi, harorati koʻtariladi. Oʻz vaqtida davolanmasa, zoʻrayib, qayta tiklab boʻlmaydigan oʻzgarishlarga olib keladi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil