thumb|200px Ajdar, ajdarho, ajdaho — afsonaviy maxluq. 1) Turli xalqlar ogʻzaki ijodida qanotli, ogʻzidan oʻt purkaydigan ikki va undan ortiq boshli afsonaviy ilon obrazi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida yovuzlik timsoli. Doston, ertak, choʻpchak va boshqalarda bosh qahramon yoʻlida uchraydigan asosiy toʻsiqlardan biri va uni yengib oʻtish albata shart qilib qoʻyilgan; 2) baʼzan haddan tashqari katta ilonlar (masalan, boʻgʻma ilonlar ham) ajdarga qiyos etiladi.

Adabiyotlar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Havolalar

Turkum:Mifologik qahramonlar