Avval neft konlari – Fargʻona viloyatidagi konlar, Fargʻona shahridan 15 km janubida. Avval neft konlari k. gʻarbdan sharqqa choʻzilgan antiklinal bukil-mada boʻlib, 1953–54 yillarda elektro-razvedka usuli bilan ochilgan. 1955-yilda 3boshlangan qidiruv ishlari natijasida iyun oyida 5- gorizontdan bir kecha-kunduzda 40 t.ga yaqin neft olinadigan quduq kavlangan. 1954-yilda asosiy Avval bukilmasining sharqida yangi bukilma – Sharqiy Avval bukilmasi aniqlandi. Bu bukilmalarning tuzilishida paleo-gen (qalinligi 250 m) va neogen (700 m) yotqiziqlari mavjud. Avval neft konlari k.da neft asosan 5- gorizontda boʻlib, 6- va 7- go-rizontlarda juda ham oz uchraydi. 5- go-rizont paleogenning Turkiston yarusi yotqiziqlaridagi darzli ohaktosh hamda qumtosh qatlamlaridan iborat. Neft bukilmaning sharqiy qismida toʻplangan boʻlib, gʻarbda uzilma bilan chegaralanadi. Neft bilan birga gaz ham olinadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil