Abu Tohirxoja Samarqandiy (Mir Abu Tohir ibn Qozi Abu Saʼid Sadr Samarqandiy) (1800-1874) — tarixchi.

1868-yilgacha Samarqandda yashagan, keyin Karmanaga koʻchib ketgan.

Axloqqa oid „Axloqi Muzaffariy“ („Muzaffar axloqi“) asari Buxoro amiri Muzaffarga bagʻishlangan. Unda Muzaffarning axloqiy qarashlari va yurish-turishlari bayon qilingan. „Samariya“ asarida Samarqandning qadimgi davrdan to XIX asr gacha boʻlgan tarixi tasvirlangan.

Manbalar

Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:1874-yilda vafot etganlar Turkum:Buxoro amirligida vafot etganlar Turkum:Buxoro amirligi tarixchilari Turkum:Buxoro amirligi adiblari