Buteflika Abdulaziz (1937, Marokash, Ujda shahri) – Jazoir prezidenti. 1956-yildan Jazoir milliy ozodlik armiyasi safida. 1962–63 yillarda Jazoir yoshlar va sport vaziri, 1963–78 yillarda Tashqi ishlar vaziri. 1965-yilda Jazoir Inqilobiy kengash aʼzosi. 1981 – 89 yillarda chet elda yashagan. 1989-yildan Milliy ozodlik jabhasi partiyasi MK aʼzosi. 1999-2019-yillarda Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi prezidenti.https://m.kun.uz/news/2021/09/18/jazoirga-20-yil-prezidentlik-qilgan-abdulaziz-buteflika-vafot-etdiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar