Meliboy Boboniyozmatov (1837-yil — Rishton — 1917-iyul) – rishtonlik kulol, kosagar usta.
Hayoti Meliboy Boboniyozmatov 1837-yilda Rishtonda tugʻilgan. Kulollik hunarini otasi usta Boboniyozmatdan oʻrgangan. Rishton kulolligi uslubida ishlanadigan sopol idishlarning barcha turlarini yasash, naqshlash, pishirish jarayonini yaxshi bilgan. Rangbarang boʻyoqlarni qoʻllab xilma-xil yangi idishlar yasagani uchun ustalar orasida „chapdast usta“ nomini olgan. Rishtonlik kulollar orasida birinchi boʻlib Gʻijduvon kulolligida yangi tarqalgan „tagi siyoh“ („qora zaminlik“) uslubini mukammal oʻrgangan, shu uslubda tayyorlagan idishlaridan namunalar Toshkentdagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanadi. Meliboy Boboniyozmatov 1917-iyulda Rishtonda vafot etgan.
Manbalar
Turkum:1837-yilda tugʻilganlar Turkum:1917-yilda vafot etganlar Turkum:Kulollar Turkum:Rishtonda tugʻilganlar Turkum:Rishtonda vafot etganlar Turkum:Qoʻqon xonligida tugʻilganlar Turkum:Turkiston general-gubernatorligi kishilari Turkum:Turkiston general-gubernatorligida vafot etganlar