Bob (taxallusi; asl ismi Sayid Ali Muhammad) (1819. 20.10, Sheroz — 1850, 9.7, Tabriz) – bobiylik asoschisi, bobiylar qoʻzgʻoloni rahbari. Sayid Ali Muhammad 1844-yilda oʻzini Bob (arab tilidagi eshik, darvoza soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „haqiqat va adolat yoʻliga olib boruvchi eshik“ degan maʼnoda talqin qilingan) deb ataydi. Mahdiyning xohish-irodasi, yoʻl-yoʻriqlari xalqqa „men orqali boradi“, deb eʼlon qildi. U xaloskor – mahdiyning kelishi yaqinlashganligi gʻoyasini targʻib qildi. Bob 1847-yilda qamoqqa olindi, u yerda „Bayon“ (arab. – tushuntirish, yoritib berish, taʼriflash) asarini yozdi. „Bayon“da bobiylar harakatining asoslari yoritilgan. Bob bobiylar qoʻzgʻoloni vaqtida Eron shohi farmoni bilan qatl etildi.

Turkum:Sherozda tugʻilganlar Turkum:Qojar Eroni Turkum:Din Turkum:Tarixiy shaxslar