Ayuqa (1647 — 1724) — Qalmiqlar xoni. Hokimiyat tepasiga 1672-yil kelib Volga boʻylaridagi barcha qalmiqlarni birlashtirgan va oʻz mulkini ancha kengaytirgan. Rossiya hukumati Ayuqani xon deb 1712-yil tan olgan. Ayuqa dam Jungʻariya, dam Rossiyaga yon bosib turgan, baʼzan esa rus yerlariga chopqunlar uyushtirgan. Chorizm Quyi Volga boʻyida oʻz mavqeini mustahkamlash maqsadida Ayuqani qoʻllab-quvvatlagan va uning harbiy kuchlaridan Ashtarxon qoʻzgʻoloni (1705 — 1706) va Bulavin qoʻzgʻoloni (1707 — 1708)ni bostirishda, shuningdek Shimoliy urush (1700 — 1721)da foydalangan.

Adabiyotlar va manbalar roʻyxati 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar Ayuka-xan, sovremennik Petra I Ayuka, Ayukay Ayuka-xan Ayuka-xan: chelovek i politik

Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:1642-yilda tugʻilganlar Turkum:1724-yilda vafot etganlar Turkum:Qalmiq xonlari Turkum:Shaxsiyatlar:Qalmiqiston