Jomboy — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman va tuman markazi nomi. Toponimning jom yoki yom „bekat, istehkom“ soʻzi bilan aloqasi yoʻq. Y.Koychibayevning aytishicha, Jomboy nomli toponim Qozogʻistonning Guryev oblastida ham boʻlib, etnik nom asosida vujudga kelgan. Jomboy qozoqlarning bir urugʻi nomi.Doʻsimov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lugʻati, T.: Oʻqituvchi, 1977, 62-bet.
Markazi — Jomboy shahri Tashkil topgan vaqti — 1935-yil 9-fevralda tashkil topadi,1962-yil 24-dekabrda tugatildi ,1970-yil 7-dekabr qayta tashkil etildi. Umumiy maydoni — 0,56 ming km2. Shahar tipidagi aholi punktlari (shaharchalar) soni — 5 ta, Eski Jomboy, Dehqonobod,Gʻazira,Kattaqishloq,Xoʻja. Mahalla fuqarolari yigʻinlari soni — 38 ta, shundan shahar mahallalari soni — 6 ta Qishloq aholi punktlari — 134 ta.
2026-yil 1-aprel Jomboy tumanidagi holati 199,1 ming ming kishi, shundan shahar aholisi — 43,3 ming nafar, qishloq fuqarolar — 155,9 ming nafar.
Samarqand shahrigacha boʻlgan masofa — 13 km. Chegaradosh viloyatlar — Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani bilan tumanlar — Bulungʻur, Toyloq, Samarqand, Oqdaryo, Payariq, Samarqand shahri. Tuman hokimi — Xurshid Nazarov (2025-yil fevraldan). Rasmiy sahifasi - jomboy.uz Rasmiy telegram sahifasi @Jomboy
Qishloq fuqarolar yigʻinlari thumb|Jomboy tuman hokimligi 1502-yilda Shayboniyxon Buxorodan Samarqandga qaytishida Zarafshon daryosining Jomboydan oʻtuvchi qismida 7 ravoqdan iborat koʻprik qurdirgan. Zamonlar oʻtishi bilan ravoqlar buzilib, XIX asrning 40-yillarida 3 ta ravoq butun qolgan. Hozir koʻprikning birgina ravogʻi saqlangan. 1899-yil Jomboy orqali temir yoʻl oʻtkazilgan. 1911-yilda Mahmudxoʻja Behbudiy tashabussi bilan yangi usulda maktab ochilgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Dehqonobod Eski Jomboy Juriyat Sherqoʻrgʻon Qangʻli Qoramoʻyin Qoʻngʻirot Holvoyi Hozirda oila institutida qishloq fuqarolar yigʻini (QFY) tugatilgan.
Mahalla fuqarolar yigʻinlari Alisher Navoiy mahallasi (Jomboy shahri) Ahmadjon Qurbonov mahallasi (Jomboy shahri) Beshbola mahallasi Gʻazira mahallasi Zarafshon mahallasi Guliston mahallasi (Jomboy shahri) Dehqonobod mahallasi Juriyat mahallasi Qangʻli mahallasi Kattaqishloq mahallasi Qoramoʻyin mahallasi Koʻkgumbaz mahallasi Qoʻlbosti(Mehnat obod) mahallasi Qoʻngʻirot mahallasi Qoʻrgʻonsalomon mahallasi Quduqli mahallasi Nayman mahallasi Naymantepa mahallasi Nogahon(Navbahor ) mahallasi Noʻsh mahallasi Olmazor mahallasi Polvonariq mahallasi Samarqand mahallasi (Jomboy shahri) Sarichashma mahallasi Sariqipchoq mahallasi Saroy mahallasi Soʻxmon mahallasi Toshkent mahallasi (Jomboy shahri) Tut mahallasi Toʻqqizboy mahallasi Toldirazzoq mahallasi Xitoypoyon mahallasi Holvoyi mahallasi Shirinkent mahallasi Shodlik mahallasi (Jomboy shahri) Sherqoʻrgʻon mahallasi Eski Jomboy mahallasi (Jamoatchilik asosida) Nazar mahallasi
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston shaharlari Turkum:Samarqand viloyati tumanlari