thumb|100px|Skripka kaliti

Musiqa ( — „muzalar sanʼati“) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanʼat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan, koʻtarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviy-tasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom Gʻazzoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqdir. Musiqa asarlari mazmunida musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra Musiqa mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika Musiqaning „Botiniy“ tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning maʼnaviy-maʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir.

Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli — maʼnoli jarayonlar singari, Musiqa ham muayyan maʼlumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoniyatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastligi, ingichka-yoʻgʻonligi, uzun-qisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan Musiqa nutqqa (nutq intonatsiyalariga) oʻxshaydi. Ammo, sanʼat turi sifatida Musiqa faqat ungagina xos boʻlgan xususiyatlar (badiiy-estetik maqsadlarni koʻzlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, Musiqa tovushlarining muayyan musika tizimlarida tashkil etilishi) bilan nutkdan farq qiladi. Har bir alohida olingan Musiqa tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega boʻlsa-da, Musiqa tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda oʻz aksini topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari Musiqa madaniyati, jumladan, oʻzbek musiqa folklori, anʼanaviy musiqa va bastakorlik ijodiyotida lad asosini turli koʻrinishdagi diatonika tashkil etadi. Kompozitorlik Musiqada (ayniqsa, XX asrda rivoj topgan yoʻnalishlarda) diatonika bilan birga xromatika ham keng oʻrin olgan.

Musiqada asosiy badiiy vosita — kuy (melodiya). Musiqaning ogʻzaki anʼanadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Koʻp ovozli kompozitorlik yoʻnalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim oʻrin egallaydi. Musiqa asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasini (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asar mazmunining moddiy tajassumi va vujudga kelish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Musiqa asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos boʻlib, bular badiiy mazmundagi oʻzgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga maʼlum darajada ziddir. Oʻzaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar Musiqa asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda oʻz yechimini topadi. Turli xalqlar Musiqa madaniyati va anʼanalarida Musiqaning barqaror va beqaror unsurlarining oʻzaro munosabatlari ham oʻzgachadir. Masalan, anʼanaviylik mezoniga asoslangan ogʻzaki yoʻnalishdagi Musiqa uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar bilan birga Musiqa asarlari shakliga badixagoʻylik xususiyatlari, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Individual badiiy obrazlarni ifodalashga qaratilgan yozma anʼanadagi kompozitorlik sanʼati asarlari esa koʻproq aynan musiqiy rivojlanish qoidalariga, yaʼni tugallangan, yaxlit va barqaror shakllarga asoslanadi. Shuning uchun, kompozitorlik musikada mazkur shakllarni ifodalashga hamda obyektiv holatda saqlashda asosiy omil boʻlgan nota yozuvi mu-him oʻrin tutadi.

Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda oʻziga xos oʻringa egadir. U dam olish va koʻngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun Musiqa asarlari oʻz mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, sarbozcha, vals, marsh, messa kabi janrlar hayotdagi maishiy va boshqa sharoitlar bilan bogʻliq boʻladi. Ashula, dastgoh, cholgʻu kuy, maqom yoʻllari, konsert, miniatyura, romans va boshqalarda estetik taʼsir oʻtkazish vazifalari asosiy oʻrin tutadi. Janrlar, oʻz navbatida, diniy mussha, yoshlar musiqasi, maishiy musiqa, harbiy musika, kamer musiqa, simfonik mussha, xor musikasi kabi Musiqaturlariga birlashadi. Tari-xiy, milliy, mahalliy, shaxsiy (individual) Musiqa uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi, ohang, ritm, shakl kabi musiqiy unsurlarni oʻziga qamrab olib, muayyan bir davr yoki milliy madaniyatga mansub boʻlgan turli janrdagi asarlar umumiyatini aks ettiradi (qarang: Avangardizm, Barokko, Klassitsizm, Ogʻzaki anʼanadagi musika, Romantizm, Sentimentalizm).

Bastakor va kompozitorpar badiiy obrazlarni kengroq qamrashga intilishib, Musiqa va boshqa sanʼat turlari qorishmasi (sintezi)dan foydalani-shadi. Aniq tushunchaga ega boʻlgan soʻz, sahna harakati, kino tasviri va boshqa unsurlar bilan qorishiq Musiqa asarining ifodaviy imkoniyatlari kengayadi (qarang Vokal musiqasi, Kino musiqasi, Raqs musiqasi, Teatr musiqasi). Musiqa, shuningdek, boshqa sanʼat turi va janrlarida ham muhim rol oʻynaydi. Masalan, opera janrida, oʻzbek musiqali dramasi va komediyasida xonandalik, xor sanʼati hamda orkestr musiqaschnk drama bilan boglaydi. Balet va boshqa raqs shakllari ham uzining badiiy obrazlarini Musiqa yordamida ifodalaydi.

Insonning Musiqa faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro va tinglash (uquv). Har bir bosqichda asarning mazmun va shakli uzgacha kurinishga ega boʻladi. Ijod bosqichida badiiy gʻoya va shakl muallif ongida mushtarak holda tugʻiladi. Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning dunyokarashi, estetik tasav-vurlari, shaxsiy tajriba va maxrratiga mos ravishda uzgartiriladi. Musiqa ixlosmandlari ham ijro etilayotgan asarni uzlarining xususiy didi, hayotiy va badiiy tajribasiga asoslanib qabul qilishadi. Shunday qilib, Musiqa faoliyati hamma bosqichlarda ijodiy tabiatga ega boʻladi.

Turli (kompozitorlik va ogʻzaki anʼanadagi) uslublarda mussha ijrochiligi ahamiyati turlichadir. Professional yunalishdagi madaniyat tizimida Musiqa koʻpincha badiiy asarlarni ijro etadigan sanʼatkorlar faoliyati orqali namoyon boʻladi. Shuning uchun Musiqa ijrochi (sozanda, xonanda)larining aksariyati kompozitor va bastakorlarning haqiqiy hamkorlaridir. Ular ustoz-shogird munosabatlari jarayonida uzlashtirgan yoki nota yozuvi yordamida oʻrgangan asarlarni jonli ravishda tinglovchilar oldida talqin etadilar. Musiqiy folklor tizimida Musiqa namunalari omma ongining badiiy mahsuloti sifatida yuzaga kelib, havaskor qoʻshiqchi, sozanda yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. Musiqa ijrochiligi mussha cholgʻulari hamda inson ovozk vositasida amalga oshiriladi. Bular yakka tarzda, ansambl, xor, orkestr kabi birikma shakllarida namoyon boʻladi.

Musiqa ijodiyoti, ijrochiligi va tinglanishi Musiqa faoliyati ning boshqa turlari — mas, musiqa tarbiyasi, musiqa taʼlimi, ilmiy tadqiqot (Musiqashunoslik), musiqiy tanqid va boshqalar bilan birga jamiyat Musiqa madaniyat i tizimini tashkil etadi.

Musiqa tarixi. Musiqaning paydo boʻlishi masalasida turli ilmiy farazlar vujudga kelgan: hissiyotga toʻlgan nutq oxangi (G. Spenser), qushlarning sayrashi va hayvonlarning uz juftlarini chaqirishi (Ch. Darvin), ibtidoiy odamlarning mehnat usullari (K. Byuxer) va ularning chaqiriq tovushlari (K. Shtumpf), jodu-sehrlash marosimlari (J. Kombarye) Musiqaning ilk manbalari hisoblanadi. Sharq muta-fakkirlari ham Musiqaning vujudga kelish muammosi haqida ilmiy mulohazalar qoldirishgan. Musiqa tarixini Forobiy inson nutqining shakllanish jarayoni va hissiyotlari bilan bevosita bogʻliq holda, Ibn Xaldun (XIV asr) esa — ijtimoiy tizimlarning shakllanish krnuniyatlariga asoslangan xrlda tushuntirishgan.

Zamonaviy musiqashunoslik fani arxeologiya va etn. maʼlumotlaridan kelib chiqib, Musiqa sanʼatini ibtidoiy jamiyatda insonning amaliy faoliyati jarayonida boshqa sanʼat turlari (rake, sheʼriyat va q.k.) bilan krrishma (sinkretik) holda paydo bulishini asoslab beradi. Bunda Musiqa ijtimoiy muloqot vositasi, mehnat va marosim jarayonlarini tashkil etish vositasi boʻlib xizmat qiladi va, ayni vaqtda, jamiyatga zarur axlokiymaʼnaviy xususiyatlarni tarbiyalash maqsadlarini kuzlaydi. Ibtidoiy davrning oxirgi bosqichida dastlabki qorishma sanʼat majmuasidan bir qancha sanʼat turlari, jumladan, Musiqa ham ajralib chiqadi. Ushbu davrga mansub afsonalarda Musiqa tabiatga, yovvoyi hayvonlarni oʻrgatishda taʼsir kursatish, insonni turli kasalliklardan davolovchi kuch sifatida taʼriflanadi (qarang Aliqambar, Ibtidoiy sanʼat, Mavsum qoʻshiqlari, Marosim qoʻshiqlari).

Quldorlik va ilk feodal tuzumiga asoslangan qad. dunyo davlatlari — Misr, Shumer, Bobil, Oʻrta Osiyo (taxminan miloddan avvalgi 1ming yillik davri), Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Rim madani-yatlarida kasbiy musiqachilar maktablari shakllangan. Ular maxsus (bastakorlik, musiqa ilmi kabi fandagi) bilim va qoidalarga asoslanib ijod qilgan. Natijada aytim, cholgʻu, raqs, doston va boshqa janrlar paydo boʻlgan.

Turli xil Musiqa asboblari (chang, ud, tanbur, lira, kifara, puflama va urma asboblar) takomillashtirilib, ular barqaror tovushqator va shakllarga ega boʻlgan. Musiqaning ushbu davrda asosan ogʻzaki anʼanada rivojlanishiga qaramay, ayni vaqtda, uning ilk yozuv (iyeroglif, harfiy va boshqalar) tizimi ixtiro etilgan, Musiqa estetikasi va nazariyasi taʼlimotlari shakllangan: Xitoyda — Konfutsiy, Yunonistonda — Pifagor, Geraklit, Demokrit, Aristotel, Platon, Aristoksen va boshqa, Oʻrta Osiyoda — Borbad.

Oʻrta asr Gʻarbiy Yevropada professional cherkov (bir ovozli grigorian xorali, keyinchalik koʻp ovozli xor va vokalcholgʻu janrlari — orga-num, kondukt va boshqalar), dunyoviy (Fran-siyada — trubadurlar, truverlar; Germaniyada — minnezingerlar sanʼati) hamda xalq Mxi rivoj topadi. XII asrda Fransiyada Bibi Maryam ibodatxonasida birinchi kompozitorlik maktabi (Notr-Dam maktabi), XIV asrda Fransiya va Italiyada „Are nova“ uslubi yuzaga kelgan. Gvido Daretsso ixtiro etgan toʻrt chiziqli nota yozuvi tovush balandligi va nagʻmalar uzunligini aniq qayd etishga imkon yaratgan.