Arshali tumani — Akmola viloyatining janubiy-sharqida joylashgan. Maydoni 5,8 ming km². Aholisi 27,1 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 4,6 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Arshali qishlogʻi.

Tarixi Tuman 1930-yili tashkil topdi. 1939-yilning oktyabr oyigachaa Qaragʻandi viloyatining tarkibida boʻldi. 1930-yil Kommunist, 1935-yil Vishnevka tumani deb nomlandi. 1997-yildan buyon Arshali tumani deb nomlanmoqda.

Aholisi Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil): ruslar — 11 426 kishi (46,95 %) qozoqlar — 7 025 kishi (28,87 %) ukrainlar — 1 839 kishi (7,56 %) olmonlar — 1 645 kishi (6,76 %) beloruslar — 684 kishi (2,81 %) tatarlar — 389 kishi (1,60 %) ingushlar — 150 kishi (0,62 %) moldavanlar — 147 kishi (0,60 %) polyaklar — 128 kishi (0,53 %) udmurtlar — 125 kishi (0,51 %) ozarbayjonlar — 108 kishi (0,44 %) chechenlar — 93 kishi (0,38 %) boshqalari — 576 kishi (2,37 %) Umumiy — 24 335 kishi (100,00 %)

Geografiyasi Sharqiy qismida Yereymentau tumani bilan, janubiy qismida Qaragʻandi viloyati bilan, gʻarbiy va shimol qismlarida — respublika ahamiyatiga ega shahar Astana bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali Astana — Qaragʻandi, Astana — Pavlodar temir yoʻl, Astana — Qaragʻandi avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Iqlimi Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, uzoq. Yozi sernam issiq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 °C, iyulniki 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mmQozoq Ensiklopediyasi.

Aholi punktlari Arshali tumanining aholi punktlari: Aqtasti, Jibek Joʻli (Aleksandrovka), Arshali (Vishnevka), Beloyarka, Volgodonovka, Arnasay (Vyacheslavka), Doneskoe, Ijevskoe, Konstantinovka, Jaltirkoʻl (Martinovka), Mixaylovka, Aqbulaq (Michurino), Bulaqsay (Novovladimirovka), Olginka, Bersuat (Razdolnoe), Sarioʻba, Turgen (Turgenevka).

Manbalar

Havolalar Informatsiya o rayone na sayte oblasti

Turkum:Qozogʻiston tumanlari