Inder tumani — Atirov viloyatining shimoliy qismida joylashgan. Tuman 1933-yili tashkil topgan. Tumanning maʼmuriy markazi — Inderboʻr qishlogʻi.
Umumiy maʼlumot Hududi 10,9 ming km2. Aholisi 30,7 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 2,8 kishidan toʻgʻri keladi (2007). Tuman markazi Inderboʻr qishlogʻi. Yirik qishloqlari: Inderboʻr, Kulagino, Oʻrlik, Yeltay, Zeleniy, Jarsuat va Bedana qishloqlarii. Tuman markazi Inder qishlogʻi, viloyat markazi sanalmish Atirov shahri bilan oraliq masofasi — 200 km.
Iqlimi Inder tumanining iqlimi keskin kontinental: qishi iliq, yozi jazirama. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati 12,3 °C, iyulniki 25,3 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200 mm.
Sanoati Sanoati barchasi „Inderboʻrat“ va „Indertuz“ aksionerlik jamoatiga qarashli. Bundagi sanoat markazi Inderboʻr qishlogʻi.Qozoq ensiklopediyasi
Avtomabil yoʻllari Tuman yeri boʻyicha Yoyiq daryosining ikki yoqasini boʻylab, eng yirik qishloqlarni kesib, respublika ahamiyatiga ega Atirov Oʻral avtomobil magistrali oʻtadi. Yoyiq daryosida daryo suv yoʻli mavjud. Tuman hududidan Oʻrta Osiyo Markaziy gaz quvuridan tortilgan tarmoqlar orqali gaz tashiladi. Bularning asosida tumanda avtomabil kolonnasi, „Indergaz“ mahkamasi faoliyat yuritadi.
Manbalar
Havolalar На сайте акимата Атырауской области
Turkum:Qozogʻiston tumanlari