Coldplay britan alternativ rok guruhi boʻlib, 1996-yili xonanda Chris Martin va gitarachi Jonny Buckland tomonidan London Universitet Kollejida tuzilgan. Avvaliga nomi Pectoralz boʻlgan guruhga bas gitarachi Guy Berryman qoʻshilib, guruh nomi Starfish qilib oʻzgartirildi. Keyinchalik dovulchi va back-vokalchi Will Champion guruhga keldi. Baʼzan menejer Phil Harvey norasmiy beshinchi aʼzo sifatida koʻrsatiladi.Roach, p. 22 Guruh 1998-yili Colplay deb atala boshlandi."Newsreel: An appeal to Wikipedia enthusiasts" . Coldplay.com. 25-iyul 2008-yil. Retrieved 26-avgust 2009-yil. Bundan keyin guruh uchta EP: Safety (1998), Brothers & Sisters (singl, 1999) va The Blue Room (1999) chiqardi. The Blue Room Coldplay Parlophone studiyasi bilan shartnoma imzolaganidan keyin chiqargan ilk albomdir."Coldplay to Quit" . Daily Star. 7-yanvar 2008-yil. Retrieved 5-may 2008-yil.

2000-yili Coldplay "Yellow" nomli qoʻshiq va Parachutes albomini chiqarib, xalqaro shuhratga erishdi. Guruhning ikkinchi albomi A Rush of Blood to the Head (2002) tanqidchilar tomonidan maqtalib, bir necha mukofotlar, jumladan NME Yil Albomi sovriniga ega chiqdi. Keyingi albom, X&Y, 2005-yili jahonda eng koʻp sotilgan albom boʻldi. Toʻrtinchi, Viva la Vida or Death and All His Friends albomi (2008) Brian Eno produserligida chiqarildi va 51-chi Grammy Awards marosimida yutuqlarni qoʻlga kiritdi. 2011-yil 24-oktabrida Coldplay beshinchi, Mylo Xyloto nomli albom chiqardi, bu albom 34 mamlakat chartlarida birinchi pogʻonalarga koʻtarildi va 2011-yilning eng koʻp sotilgan rock albomlaridan boʻldi.Coldplay, Noel Gallagher and Foo Fighters revealed as biggest selling rock acts of 2011 NME. Retrieved 8-mart 2012-yil

Guruh koʻplab mukofotlarga erishgan, bular qatoriga yettita Brit Award, beshta MTV Video Music Award va yettita Grammy Award kiradi. Coldplay jahon boʻylab 55 milliondan oshiq albom sotgan.Critic's View: The Brit Awards, O2 Arena, London The Independent. Retrieved 26-fevral 2012-yilEmotional Adele Adds Top Brit Music Awards to Grammy Successes Bloomberg. Retrieved 26-fevral 2012-yil 20 awards 2009-yil dekabrida Rolling Stone jurnali oʻtkazgan soʻrovda Coldplay 2000-yillarning toʻrtinchi eng yaxshi guruhi, deb olqishlandi.Green Day Named Top Artists Of The Decade By Rolling Stone Readers MTV. Retrieved 9-fevral 2012-yil

Coldplay musiqadan tashqari Make Trade Fair va Amnesty International kabi turli ijtimoiy va siyosiy kampaniyalarni dastaklab keladi. Guruh shuningdek Band Aid 20, Live 8, Sound Relief, Hope for Haiti Now: A Global Benefit for Earthquake Relief, The Secret Policeman's Ball va Teenage Cancer Trust kabi xayriya konsert va loyihalarida qatnashgan.

Tarkib Chris Martin — bosh vokal, pianino/klavisha, gitara Jon Buckland — gitara, garmonika, koʻmakdagi vokal Guy Berryman — bass gitara, sintezator, garmonika, koʻmakdagi vokal Will Champion — baraban/perkussia, pianino, koʻmakdagi vokal.

Diskografiya Parachutes (10-iyul, 2000) A Rush of Blood to the Head (26-avgust, 2002) X&Y (6-iyun, 2005) Mylo Xyloto (2011) Ghost Stories (2014) A Head Full of Dreams (2015) Everyday Life (2019) Music of the Spheres (2021) Moon Music (2024)

Turlar Parachutes Turi (2000—2001) A Rush of Blood to the Head Turi (2002—2003) Twisted Logic Turi (2005—2006)

Adabiyot

Manbalar

Havolalar Guruhning rasmiy vebsayti

Turkum:Musiqiy guruhlar Turkum:Britpop guruhlar Turkum:Alternative rock guruhlar Turkum:Ingliz musiqiy guruhlari Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar