Toʻraqoʻrgʻon – Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1979-yildan), tuman markazi. Viloyat markazi Namangan shahridan 12 km uzoqlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Toʻraqoʻrgʻon (5 km). Aholisi 22,6 ming kishidan iborat (2004). Shahar yonidan Kosonsoy soyi oqib oʻtadi.

Ijtimoiy soha Tumanda „OhangarIII“, „Koopagrofirma“ aksiyadorlik jamiyatlari, „Shirinlik“ Oʻzbekiston—Gollandiya, „Axsikent“ qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 6 qurilish korxonasi, 55 savdo, 25 umumiy ovqatlanish, 62 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, qishloq xoʻjaligi, qurilish va maishiy xizmat koʻrsatish, kasbhunar kollejlari va iqtidorli bolalar litseyi, 6 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat saroyi, 2 muzey, 4 kutubxona, 7 tibbiyot muassasasi, shu jumladan, markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez yordam markazi boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Shahar yonidan Namangan – Toshkent avtomagistrali oʻtgan.

Turkum:Toʻraqoʻrgʻon tumani Turkum:Oʻzbekiston aholi punktlari Turkum:Oʻzbekiston shaharlari