Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) — Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yil 24-oktyabrda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror AQSh, Birlashgan Qirollik, Xitoy va Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1945-yilda, Ustavi esa San-Fransisko konferensiyasida 1945-yil (manba Yunusov Shoxrux tomonidan toʻgʻirlandi)da qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetgan. Hozirgi kunda 193 taga yetgan.
BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) Nyu-Yorkda joylashgan. Bundan tashqari, tashkilotning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari boʻlib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
BMT ustavida koʻrsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashni koʻzda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
2000-yil 6-8-sentyabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida „Mingyillik sammiti“ boʻlib oʻtdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega boʻlgan ijtimoiy iqtisodiy, ekologiya va xavfsizlikka doir muammolar muhokama qilinib, yangi yuzyillikning dastlabki yillarida amalga oshirilishi moʻljallanayotgan tadbirlar belgilandi.
Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan qabul qilgan deklaratsiyada 2015-yilgacha taʼminlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga boʻlinadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va oʻz-oʻzini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning maʼmuriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva boʻlimi. BMT sessiyasi yilda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT aʼzolari koʻpchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin.
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp oʻtmay — 1992-yil 2-martda BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. 1993-yil 24-avgustda BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. BMTda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — YUNESKO ga ham aʼzo boʻldi.
thumb|Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo 193 davlat BMTga Aʼzo davlatlar BMT qoshidagi kuzatuvchi davlatlar (Falastin, Vatikan shahri) 2 Aʼzo boʻlmagan davlatlar (Niue, Kuk orollari) 17 oʻz-oʻzini boshqarish hududlari Antarktida (xalqaro hudud)|391x391px Oʻzbekiston oʻz ovozi va mavqeiga ega boʻlgan aʼzo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qoʻyyapti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993-yil sentyabr), BMT tashkil etilganining 50 yilligiga bagʻishlangan sessiyada (1995-yil oktyabr), BMT Bosh Assambleyasining „Mingyillik sammiti“ (2000-yil sentyabr) da soʻzlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning XX asr soʻnggidagi eng yirik anjumanida Oʻzbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bogʻliq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi.
Oʻzbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli aʼzosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qatʼiy amal qilmoqdaOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Boshqaruv thumb|BMT Bosh kotibi António Guterres (2016-yil) Bosh Assambleya raisi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining har bir yalpi majlisini ochadi va yopadi, Bosh Assambleya ishiga toʻliq rahbarlik qiladi va uning majlislarida tartibni taʼminlaydi. Bosh kotib. Bosh maʼmuriy xodim Birlashgan Millatlar Tashkilotining ramzi va dunyo xalqlari manfaatlarini himoya qiluvchi vakili hisoblanadi. Nizomga koʻra, Bosh kotib BMTning Xavfsizlik Kengashi, Bosh Assambleyasi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi va boshqa organlari tomonidan oʻziga yuklangan vazifalarni bajaradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzolari
1945-yil 26-iyunda San-Fransiskoda boʻlib oʻtgan konferensiyada BMT Nizomini imzolagan 51 ta davlat BMTning dastlabki aʼzolari hisoblanadi. 1946-yildan beri BMTga 150 ga yaqin davlat qabul qilingan (lekin bir vaqtning oʻzida Yugoslaviya, Chexoslovakiya, SSSR kabi bir qancha davlatlar mustaqil davlatlarga boʻlingan). 2011-yil 14-iyulda Janubiy Sudanning BMTga qabul qilinishi bilan BMTga aʼzo davlatlar soni 193 tani tashkil etdi. Davlataʼzo boʻlgan sanasi Avstraliya1945-yil 1-noyabr Avstriya1955-yil 17-dekabr Albaniya1955-yil 17-dekabr AQSh1945-yil 24-oktyabr Angola1976-yil 1-dekabr Andorra1993-yil 28-iyul Antigua va Barbuda1981-yil 11-noyabr Argentina1945-yil 24-oktyabr Armaniston1992-yil 2-mart Afgʻoniston1946-yil 19-noyabr Bagam orollari1973-yil 18-sentyabr Bangladesh1974-yil 17-sentyabr Barbados1966-yil 9-dekabr Bahrayn1971-yil 21-sentyabr Belorussiya SSR → Belorussiya1945-yil 24-oktyabr Beliz1981-yil 25-sentyabr Belgiya1945-yil 27-dekabr Benin1960-yil 20-sentyabr1971-yil 9-dekabr Bolgariya1955-yil 17-dekabr Boliviya1945-yil 14-noyabr Bosniya va Gertsegovina1992-yil 22-may Botsvana1966-yil 17-oktyabr Braziliya1945-yil 24-oktyyabr Bruney1984-yil 21-sentyabr Burkina Faso1960-yil 20-sentyabr Burundi1962-yil 18-sentyabr Butan1971-yil 21-sentyabr Buyuk Britaniya1945-yil 24-oktyabr Vanuatu1981-yil 15-sentyabr Vengriya1955-yil 17-dekabr Venesuela1945-yil 15-noyabr Vyetnam1977-yil 20-sentyabr Gabon1960-yil 20-sentyabr Gaiti1945-yil 24-oktyabr Gayana1966-yil 20-sentyabr Gambiya1965-yil 21-sentyabr Gana1957-yil 8-mart Gvatemala1945-yil 21-noyabr Gvineya1958-yil 12-dekabr Gvineya-Bisau1974-yil 17-sentyabr Germaniya1973-yil 18-sentyabr Gonduras1945-yil 17-dekabr Grenada1974-yil 17-sentyabr Gretsiya1945-yil 25-oktyabr Gruziya1992-yil 31-iyul Daniya1945-yil 24-oktyabr Dominika1978-yil 18-dekabr Dominikan Respublikasi1945-yil 24-oktyabr Jazoir1962-yil 8-oktyabr JAR1945-yil 7-noyabr Janubiy Sudan2011-yil 11-iyul Jibuti1977-yil 20-sentyabr Zambiya1964-yil 1-dekabr Zimbabve1980-yil 25-avgust Isroil1948-yil 11-may Indoneziya1950-yil 28-sentyabr Iordaniya1955-yil 17-dekabr Iroq1945-yil 21-dekabr Irlandiya1955-yil 17-dekabr Islandiya1946-yil 19-noyabr Ispaniya1955-yil 17-dekabr Italiya1955-yil 17-dekabr Kabo-Verde1975-yil 16-sentyabr Kambodja1955-yil 17-dekabr Kamerun1960-yil 20-sentyabr Kanada1954-yil 9-noyabr Keniya1963-yil 16-dekabr Kipr1960-yil 20-sentyabr Kiribati1999-yil 14-sentyabr Kolumbiya1945-yil 5-noyabr Komor orollari1975-yil 12-noyabr Kongo Respublikasi1960-yil 20-sentyabr Kongo DR1960-yil 20-sentyabr KXDR1991-yil 17-sentyabr Koreya Respublikasi1991-yil 17-sentyabr Kosta-Rika1945-yil 2-noyabr Kot-d'Ivuar1960-yil 20-sentyabr Kuba1945-yil 24-oktyabr Laos1955-yil 17-dekabr Latviya1991-yil 17-sentyabr Lesoto1966-yil 17-oktyabr Liberiya1945-yil 2-noyabr Livan1945-yil 24-oktyabr Liviya1955-yil 17-dekabr Litva1991-yil 17-sentyabr Lixtenshteyn1990-yil 18-sentyabr Lyuksemburg1945-yil 24-oktyabr Mavrikiy1968-yil 24-aprel Mavritaniya1961-yil 27-oktyabr Madagaskar1960-yil 20-sentyabr Malavi1964-yil 1-dekabr Malayziya1957-yil 17-sentyabr Mali1960-yil 28-sentyabr Maldiv1965-yil 21-sentyabr Malta1964-yil 1-dekabr MAR1960-yil 20-sentyabr Marokash1956-yil 12-noyabr Marshall orollari1991-yil 17-sentyabr Meksika1945-yil 7-noyabr Mikroneziya1991-yil 17-sentyabr Misr1945-yil 24-oktyabr Mozambik1975-yil 16-sentyabr Moldova1992-yil 2-mart Monako1993-yil 28-may Mongoliya1961-yil 27-oktyabr Myanma1948-yil 19-aprel Namibiya1990-yil 23-aprel Nauru1999-yil 14-sentyabr Nepal1955-yil 17-dekabr Niger1960-yil 20-sentyabr Nigeriya1960-yil 7-oktyabr Niderlandiya1945-yil 10-dekabr Nikaragua1945-yil 24-oktyabr Norvegiya1945-yil 27-noyabr Ozarbayjon1992-yil 2-mart Pokiston1947-yil 30-sentyabr Palau1994-yil 15-dekabr Panama1945-yil 13-noyabr Papua Yangi Gvineya1975-yil 10-oktyabr Paragvay1945-yil 24-oktyabr Peru1945-yil 31-oktyabr Polsha1945-yil 24-oktyabr Portugaliya1955-yil 17-dekabr SSRI → Rossiya1945-yil 24-oktyabr Ruanda1962-yil 18-sentyabr Ruminiya1955-yil 17-dekabr Samoa1976-yil 15-dekabr Salvador1945-yil 24-oktyabr San-Marino1992-yil 2-mart San-Tome va Prinsipi1975-yil 16-sentyabr Saudiya Arabistoni1945-yil 24-oktyabr Seyshell orollari1976-yil 21-sentyabr Senegal1960-yil 28-sentyabr Sent-Vinsent va Grenadina1980-yil 16-sentyabr Sent-Kits va Nevis1983-yil 23-sentyabr Sent-Lyusiya1979-yil 18-sentyabr Serbiya2002-yil 1-noyabr Singapur1965-yil 21-sentyabr Suriya1945-yil 24-oktyabr Slovakiya1993-yil 19-yanvar Sloveniya1992-yil 22-may Solomon orollari1978-yil 19-sentyabr Somali1960-yil 20-sentyabr Sudan1956-yil 12-noyabr Surinam1975-yil 4-dekabr Syerra-Leone1961-yil 27-oktyabr Tojikiston1992-yil 2-mart Tailand1946-yil 16-dekabr Tanzaniya1961-yil 14-dekabr Togo1960-yil 20-sentyabr Tonga1999-yil 14-sentyabr Trinidad va Tobago1962-yil 18-sentyabr Tuvalu2000-yil 5-sentyabr Tunis1956-yil 12-noyabr Turkmaniston1992-yil 2-mart Turkiya1945-yil 24-oktyabr Uganda1962-yil 25-oktyabr Ukraina SSR → Ukraina1945-yil 24-oktyabr Ummon1971-yil 7-oktyabr Urugvay1945-yil 18-dekabr Fiji1970-yil 13-oktyabr Filippin1945-yil 24-oktyabr Finlandiya1955-yil 17-dekabr Fransiya1945-yil 24-oktyabr Xitoy Respublikasi → Xitoy1945-yil 24-oktyabr Xorvatiya1992-yil 22-may Shveysariya2002-yil 10-sentyabr Shvetsiya1946-yil 19-noyabr Shri-Lanka1955-yil 17-dekabr Sharqiy Timor2002-yil 27-sentyabr Shimoliy Makedoniya1993-yil 8-aprel Ekvador1945-yil 21-dekabr Ekvatorial Gvineya1968-yil 12-noyabr Eritreya1993-yil 28-may Eron1945-yil 24-oktyabr Esvatini1968-yil 24-sentyabr Estoniya1991-yil 17-sentyabr Efiopiya1945-yil 24-oktyabr Yamayka1962-yil 18-sentyabr Yaman1947-yil 30-sentyabr Yangi Zelandiya1945-yil 24-oktyabr Yaponiya1956-yil 18-dekabr Oʻzbekiston1992-yil 2-mart Qatar1971-yil 21-sentyabr Qirgʻiziston1992-yil 2-mart Qozogʻiston1992-yil 2-mart Quvayt1963-yil 14-may Hindiston1945-yil 24-oktyabr Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga koʻra, BMTga aʼzolik „Ustavda koʻrsatilgan majburiyatlarni qabul qiladigan va Tashkilot hukmiga koʻra, ushbu majburiyatlarni bajarishga qodir va tayyor boʻlgan tinchliksevar davlatlar“ uchun ochiqdir. „Har qanday bunday davlatni Tashkilotga aʼzolikka qabul qilish Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga koʻra Bosh Assambleyaning qarori bilan amalga oshiriladi“. Amaldagi qoidalarga koʻra, yangi aʼzoni qabul qilish uchun Xavfsizlik Kengashiga aʼzo 15 davlatdan kamida 9 tasi qoʻllab-quvvatlashi kerak (5 doimiy aʼzo — Buyuk Britaniya, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya, AQSh va Fransiya qarorga veto qoʻyishi mumkin). Tavsiya Xavfsizlik Kengashi tomonidan maʼqullangandan soʻng, masala Bosh Assambleyaga yuboriladi, unda kirish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaning uchdan ikki qismi koʻpchilik ovozi talab qilinadi. Yangi davlat Bosh Assambleya rezolyutsiyasi qabul qilingan kundan boshlab BMTga aʼzo boʻladi. Shunday qilib, faqat xalqaro huquq sub’ektlari BMTning yangi aʼzolari — davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlarning uchdan ikki qismi tomonidan tan olingan, tan olish Buyuk Britaniya, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya, AQSh va Fransiyadan olinishi kerak.