Mendiqara tumani — Qoʻstanoy viloyatining shimoliy qismida joylashgan. 1928-yili Qoʻstanoy viloyatida Borovskoy tumani va Mendiqara tumani tashkil topdi, 1930-yili esa ikkala tumanni qoʻshib yubordi va Mendiqara tumani nomi bilan ataldi. 1963-yili yanvar oyida Borovskoy tumani nomi bilan qayta tashkil topdi. Maydoni 6,6 ming km². Aholisi 31,433 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Borovskoy qishlogʻi. Tumanning dengiz sathidan balandligi 200 m-dan 83 m-gacha pasayadi.
Iqlimi Mendiqara tumanining iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, yoz oyi iliq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C, iyulnili 20 — 22C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 — 350 mm, uning 70 — 75 %-i yilning iliq mavsumida yogʻadi. Katta koʻllari: Qamistiteniz, Alakoʻl. Alaoʻlda baliqchilik yaxshi rivojlangan.
Aholisi Mendiqara tumani aholisining asosiy qismini qozoqlar va ruslar tashkil qiladi. Aholi zichligi 1 km²-ga 5,5 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil) ruslar — 12 957 kishi (41,22 %) qozoqlar — 12 486 kishi (39,72 %) ukrainlar — 2 591 kishi (8,24 %) olmonlar — 1 390 kishi (4,42 %) beloruslar — 898 kishi (2,86 %) tatarlar — 375 kishi (1,19 %) ozarbayjonlar — 143 kishi (0,45 %) boshqirdlar — 99 kishi (0,31 %) udmurtlar — 90 kishi (0,29 %) boshqalari — 404 kishi (1,29 %) Umumiy — 31 433 kishi (100,00 %)
Hududiy boʻlinishi Arxipovka Krasnaya Presnya Borki Mixaylovka Borovskoy Molodejniy Borovskoy-1 Pervomayskoe* Budennovka Stepanovka Vvedenka Tenizovskiy Dolbushka Uzinagash Kamensk-Uralskoe Xarkovskoe Kaskat
Manbalar
Havolalar Tumanning rasmiy sayti
Turkum:Qozogʻiston tumanlari