Boboyev Malik Qurbonaliyevich – oʻzbekistonlik davlat va jamoat arbobi, sport funksioneri. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sobiq prezidenti.

Biografiyasi 1962-yil 30-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1984-yili Toshkent universiteti (hozirgi O'zMU)ning sharqshunoslik fakultetini tugatgan.

1984—1987 – Sovet Ittifoqi Iroqdagi elchixonasining iqtisod boʻyicha maslahatchisi apparatida referent-tarjimon.

1987—1991 – Chet mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati katta referenti.

1991—1997 – „Intersport“ sport firmasining bosh direktori.

1993—1994 – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi.

1995—1999 – „Arms“ firmasi direktori.

1999—2009 – Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining Olimpiya birdamligi dasturi boʻyicha milliy kurslari direktori.

1999—2003 – Osiyo Olimpiya Kengashining axborot va statistika qoʻmitasining doimiy aʼzosi.

2000—2004 – Osiyo Olimpiya Kengashi ijroiya qoʻmitasi aʼzosi.

2001—2009 – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi.

2009—2013 – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti.

2013—2017 – Oʻzbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston MOQ Prezidentlari Turkum:Oʻzbekiston sport amaldorlari