Altinsarin tumani  — Qoʻstanay viloyatidagi tuman. Maydoni 5,4 ming km². Aholisi 15,141 kishi, oʻrtacha zichligi 1km²-ga 2,9 kishidan toʻgʻri keladi (2006-yil). Tumanning maʼmuriy markazi — Oʻbagʻan qishlogʻi. Tuman yeri tekisliklardan iborat, dengiz sathidan 150 — 200 m baland. orqali Qoʻstanoy — Koʻkshetov — Qorasuv avtomabil yoʻllari oʻtadi.Qozogʻiston Respublikasining tabiati, 7 tom;

Iqlimi Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yoz oyi esa iliq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 17 — 18 °C, ayrim vaqtlarda 40°C-dan past, iyul oyiniki 21 — 22 °C, ayrim vaqtlarda 37°C-gacha koʻtariladi. Tuamnda yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 250 — 300mm atrofida boʻladi.

Aholisi Tuman aholisi 2010-yili 15 141 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil): ruslar — 5 485 kishi (36,23 %) qozoqlar — 5 120 kishi (33,82 %)q ukrainlar — 2 427 kishi (16,03 %) olmonlar — 956 kishi (6,31 %) beloruslar — 309 kishi (2,04 %) tatarlar — 188 kishi (1,24 %) boshqalari — 656 kishi (4,33 %) Umumiy — 15 141 kishi (100,00 %)

Hududiy boʻlinishi Dimitrovskiy qishlogʻi Dokuchaevskiy qishlogʻi Lermontovskiy qishlogʻi Mayakovskiy qishlogʻi Novoalekseevskiy qishlogʻi Priozerniy qishlogʻi Silantevskiy qishlogʻi Bolshechurakovskiy qishlogʻi Sherbakov qishlogʻi Krasniy Kordon qishlogʻi Oʻbagan qishlogʻi Sverdlovka qishlogʻi

Manbalar

Havolalar Altinsarin tumanining rasmiy sayti Altinsarin tumanining axborot portali

Turkum:Qozogʻiston tumanlari