Shal aqin tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi maʼmuriy hudud. 1928-yil 3-sntyabrda asos solingan. Markazi — Sergeevka shahri. Tuman maydoni 4,84 ming km². 2011-yil 1-yanvarda aholisi 22,216 kishini tashkil qildi. Aholining zichligi 5,4 kishi/km².
Tarixi 1928-yili Shal aqin tumanining hozirgi hududida Rikov va Toʻnkeris tumanlari tashkil topdi. 1930-yili Toʻnkeris tumaniga Rikov tumanining yarim hududi qoʻshildi. 1940-yili tuman nomi oktabrskiy boʻlib oʻzgartildi, 1963-yilda esa Sergeev va 1999-yilgi 15-dekabrda Shal aqin tumani boʻlib qayta nomlandi.
Geografiyasi Viloyat markazi Petropavlovsk shahridan tuman chegarasigacha 138 kilometr, Sergeevka shahrigacha 174 kilometr. Shimoliy tomonidan — Jambul, gʻarbiy tomonidan — Yesil, sharqiy tomonidan — Timiryazev, Janubidan esa Ayirtav va Musirepov tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali Yesil daryosi oqib oʻtadi, uning yoqasida Sergeev suv ombori joylashgan.
Aholisi Tuman aholisi 2011-yilgi statistika boʻyicha 22,216 kishini tashkil qildi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, tuman aholisining milliy tarkibini quyidaga jadvaldan koʻrishingiz mumkin (2010-yil 1-yanvar): qozoqlar — 12 033 kishi (45,81 %) ruslar — 10 646 kishi (40,53 %) ukrainlar — 1 339 kishi (5,10 %) olmonlar — 1 126 kishi (4,29 %) beloruslar — 271 kishi (1,03 %) tatarlar — 222 kishi (0,85 %) armanlar — 59 kishi (0,22 %) litvalar — 59 kishi (0,22 %) ozarbayjonlar — 56 kishi (0,21 %) tojiklar — 51 kishi (0,19 %) polyaklar — 48 kishi (0,18 %) boshqalar — 355 kishi (1,35 %) Umumiy — 26 265 kishi (100,00 %)
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston tumanlari