Hud surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mazmuni Bu surada ham yolgʻiz Allohga, u zot yuborgan paygʻambarlarga va ular keltirgan dinlarning haq ekaniga iymon keltirish, qiyomat kunida qayta tirilib, bu dunyoda qilib oʻtgan barcha yaxshi-yomon amallariga yarasha mukofot-jazo olishga ishonish islomiy aqidaning mohiyat-haqiqati ekani borasida soʻzlanadi. Bu surada Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb, Muso va boshqa paygʻambarlarning qissalari ancha mufassal hikoya qilinadiki, bundan murod, birinchidan, barcha moʻminlarga ilgari oʻtgan paygʻambarlar va ularni yolgʻonchi qilishlari sababli halokatga uchragan qavmlar haqida maʼlumot berish boʻlsa, ikkinchidan, yaqinda ikki aziz kishisidan — amakisi — Abu Tolib hamda jufti haloli Xadichadan ajrab qolgan va mudom Makka mushriklari tomonidan ozor-aziyatlarga roʻbaroʻ boʻlayotgan Muhammad alayhissalomga oʻtmishdoshlarining hayotlari va ularning Haqqa daʼvat qilish yoʻlida chekkan mashaqqatlarini bayon qilish bilan taskin-tasalli berishdir.

Bu sura Qurʼoni Karimning ayb-u nuqsonlardan pok va nazm-u magʻziga hech qachon hech kim tomonidan halal yetmaydigan ilohiy Kitob ekanini taʼriflash bilan boshlanib, Alloh taoloning bandalariga paygʻambarlar yuborishdan koʻzlagan hikmatini bayon etish bilan tugallanadi. Bu sura Alloh taolo tomonidan Od Qavmiga yuborilgan Hud paygʻambar nomi bilan atalgandir.

Manbalar

HUD SURASI