Haliljon Xudoyberdiyev (20-dekabr, 1952-yil, Qizil-Qishloq, Qorasuv tumani, Oʻsh viloyati, Qirgʻiziston SSR)Xudayberdiev Xalil Tajibaevich — televideniya va radiyosozlik mutaxassisi. 2010-yilgacha OʻshTVning egasi boʻlgan. Telekompaniyaga 1991-yili, mart oyida asos solgan. 1991-yilning 5-mayida Oʻrta Osiyoda birinchilardan boʻlib efirga uzatilgan.

Tarjimai holi Taʼlimoti: 1970—1975-yillar — Toshkent elektrotexnik bogʻlanuv instituti, televideniya va radiyosozlik mutaxassisi.

Mehnat faoliyati: 1975—1977-yillar — Sovet armiyasida xizmatda. 1977—1984-yillar — Oʻsh telemarkazida injener, boʻlim boshligʻi. 1991—2010-yillar — OʻshTV telekompaniyasining direktori. Iyun oxirlarida — iyul boshlarida — taxminan „Oʻsh voqeʼalarining“ 20 kunidan soʻng, Oʻsh shahar hokimi Melis Mirzakmatov tomonidan qurol ishlatish va Xaliljon Xudoyberdiyev va uning oilasi hayotiga tahdid solingan holda, telekanal tortib olingan.

Shaxsiy hayoti Oilaviy, ikki qiz va ikki oʻgʻilning otasi. Qoʻshimcha maʼlumotlar QR Maʼdaniyat aʼlochisi. 2003-yil — QR faxrli yorligʻi bilan taqdirlangan. Manbalar

Havolalar