300px|right|thumb|Zilzila sodir boʻlgan joy xaritasi. 2011-yilgi Qirgʻiziston zilzilasi 2011-yili Toshkent vaqti bilan 19-iyuldan 20-iyulga oʻtar kechasi soat 00:35 daTime of Earthquake in other Time Zones , USGS Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasida, Toshkentdan 235 km janubi-sharqdaV Uzbekistane proizoshlo zemletryasenie , gazeta.uz sodir boʻlgan.Informatsion bildirish , OʻzA Zilzila magnitudasi 6,1 balldan oshgan, epitsentri yer sirtidan 16 km chuqurlikda boʻlganMagnitude 6.1 — KYRGYZSTAN , USGS. Silkinish taxminan 40 soniya davom etganKyrgyzstan, Uzbekistan hit by 6.2 earthquake , The Vancouver Sun. Ushbu zilzila taʼsirida oʻn bir soatdan keyin Dushanbedan 75 km sharqda 4,7 magnitudali zilzila sodir boʻlgan.

Talofatlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlumotlariga koʻra, zilzila oqibatida Fargʻona viloyatining Rishton, Bagʻdod va Oʻzbekiston tumanlaridagi ayrim eski uy-joylarga shikast yetgan. Buning oqibatida 13 nafar fuqaro halok boʻlgan, jarohat olganlardan 86 nafariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, ularning 35 nafari shifoxonalarga yotqizilgan.

Yer qimirlashi natijasida 800 dan ortiq binoga jiddiy zarar yetgan„Earthquake in Kyrgyzstan / Uzbekistan : 14 people killed, 86 injured and at least 800 houses damaged + video of the shaking in Tashkent“ , Earthquake Report, Margʻilon hududidagi eski uylarning bir qismi vayron boʻlganPowerful earthquake hits Central Asian valley , Reuters Canada.

Tojikistonda ham yer silkinishi qayd etilgan, Xoʻjandda bir kishi vahimadan halok boʻlganV rezultate zemletryaseniya v Uzbekistane pogibli 13 chelovek, Lenta.ru.

Qirgʻiziston janubida oʻn minglab aholi xonadonlari, ayrim shifoxonalar elektr taʼminotisiz qolgan. Botken shahrini O‘sh shahri bilan bogʻlovchi avtomagistral tog‘ ko‘chkilari tufayli yopib qoʻyilgan. Qadamjoydagi transformator podstansiyasi ishlamay qolgan, natijada Qadamjoy, Toʻlgon, Qizilbulun, Xolmion, Oxna, Yorgutan, Tamas qishloqlariga elektr energiyasi taʼminoti uzilib qolgan (elektr energiyasi 17 soatdan keyin qayta tiklangan). Cho‘ng-Olay viloyatida joylashgan 125 ta uy zarar ko‘rgan. Jekendidagi 67 ta uyda yoriqlar paydo boʻlgan (ulardan 52 tasi taʼmirga muhtoj). Sivada 58 ta uy shikastlangan (ulardan 49 tasi taʼmirga muhtoj). Sulukta, Botken, Qizil-Qiya, Tulos, Zulpiyev, Intimaq va boshqa shaharlarda ham koʻplab uylar vayron boʻlgan.

Qurbonlar Zilzila natijasida Xo‘jandda 1 kishi halok bo‘lgan. U vahima ichida binoning ikkinchi qavatidan sakragan. Fargʻona vodiysidagi aholi punktlarida kamida 13 kishi halok boʻlgan, 86 kishi turli darajada jarohat olgan. Qirg‘izistonda 15 nafar fuqaro jabrlangan. + Jarohatlanganlar va halok boʻlganlarFuqaroligiOʻlganlarYaralanganlar Oʻzbekiston 13 86 Tojikiston 1 Qirgʻiziston 15 Jami 14 101

Rasmiylar munosabati Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov topshirig‘iga binoan, respublika hukumati tomonidan favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar koʻriladi.

Zilzila sodir boʻlgan joyda uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtab tuzilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda qutqaruv bo‘linmalari ish olib boradi.

Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan zilziladan jabr ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur ishlar olib boriladi, qurbonlarni dafn etish bo‘yicha barcha xarajatlar davlat zimmasiga olinadi.

Maxsus tuzilgan komissiya favqulodda vaziyat ko‘lamini, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqidagi maʼlumotlarni aniqlaydi.

Manbalar

Havolalar Informatsion bildirish , OʻzA Jertvami zemletryaseniya stali 13 chelovek , gazeta.uz Yer qimirlashi paytida Toshkent xonadonlaridan birida olingan video, YouTube''

Turkum:Qirgʻizistondagi zilzilalar‎

Turkum:Oʻzbekistondagi zilzilalar Turkum:Fargʻona viloyati