Ajdar oʻrgatuvchilar (; asl tarjimasi: Ajdaringizni qanday tarbiyalash kerak) 2010-yili chiqarilgan jangari-fantaziya janridagi kompyuter-animatsion filmdir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan ishlangan va Paramount Pictures tomonidan tarqatilgan. Film gʻoyasi Cressida Cowellning 2003-yilda yozilgan shu nomli kitobiga asoslangan. Filmga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Jay Baruchel, Gerard Butler, Craig Ferguson, America Ferrera, Jonah Hill, Christopher Mintz-Plasse, T.J. Miller va Kristen Wiig kirishadi.

Film Oscar mukofotiga nomzod etilgan (Eng yaxshi animatsiya hamda Eng yaxshi soundtrack); biroq, tegishli toifalarda Oʻyinchoqlar tarixi 3 va Ijtimoiy tarmoq filmlariga yutqazgan.

Ajdar oʻrgatuvchilar filmi afsonaviy Viking olamida sodir boʻladigan voqeani hikoya qiladi. Film 2010-yil 26-martda ekranlarda namoyish etila boshlandi. Uning keltirgan daromadi $500 millionga yaqinlashib, DreamWorks Animationʼning beshinchi eng omadli filmi boʻldi (4 ta Shrek filmlaridan keyin). Ajdar oʻrgatuvchilar kinotanqidchilar tomonidan juda xush qarshilandi, u 98% reyting bilan baholandi.

Film sikvellari — Ajdar oʻrgatuvchilar 2 va Ajdar oʻrgatuvchilar 3: Yashirin dunyo mos ravishda 2014 va 2019-yillarda chiqarilgan.

Ovoz berganlar Jay Baruchel — Hiccup Horrendous Haddock III, Stoick the Vastʼning oʻgʻli"Viking-Sized Cast", How to Train Your Dragon Blu-ray America Ferrera — Astrid Hofferson, Hiccup'ning yoqtirgan qizi Gerard Butler — Stoick the Vast, Hiccup'ning otasi Craig Ferguson — Gobber the Belch, Stoick'ning yaqin doʻsti Christopher Mintz-Plasse — Fishlegs Ingerman, ajdarlar haqida bilimga ega yigit Jonah Hill — Snotlout Jorgenson, Hiccup'ning takabbur doʻsti T.J. Miller va Kristen Wiig — Tuffnut va Ruffnut Thorston, egizaklar David Tennant — Spitelout, Snotloutʼning otasi Robin Atkin Downes — Ack, sariq soqolli Viking Philip McGrade — Starkard Kieron Elliott — Hoark the Haggard Ashley Jensen — Phlegma the Fierce, ayol Viking Randy Thom — „Tishsiz“ laqabli tungi furiya (Toothless the Night Fury) ning ovozi

Musiqasi

Relizi + Davlat Reliz sanasi 26-mart, 2010-yil 25-mart, 2010-yil 31-mart, 2010-yil 31-mart, 2010-yil 18-mart, 2010-yil

Mukofotlari Mukofot va nominatsiyalarMukofotTurkumNatija Оscar Eng yaxshi animatsion film Eng yaxshi film musiqasi BAFTA Eng yaxshi animatsion film Eng yaxshi film musiqasi Oltin globus Eng yaxshi animatsion film Annie Eng yaxshi animatsion film Eng yaxshi animatsion effektlar Eng yaxshi animatsion film rejissurasi Eng yaxshi musiqa Visual Effects Society Awards 2010 Eng yaxshi animatsiya Eng yaxshi vizual effektlar Eng yaxshi animatsiya qahramoni — „Tishsiz“ 67-Venetsiya kinofestivali (2010) Eng yaxshi 3D formatli film

Manbalar

Havolalar

Turkum:2010-yil filmlari Turkum:2010-yil 3D-filmlari Turkum:2010-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:DreamWorks Animation filmlari Turkum:Paramount Pictures filmlari Turkum:Fentezi filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Ajdar oʻrgatuvchilar Turkum:AQSh dramatik filmlari Turkum:Chris Sanders filmlari Turkum:2010-yil kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar