Selena Quintanilla-Pérez (; 16-aprel, 1971 – 31-mart, 1995), yoki shunchaki Selena, amerikalik qoʻshiqchi-shoir boʻlgan. U Billboard jurnali tomonidan uning oʻn toʻrt top-oʻn singli uchun „90-yillar top Lotin artisti“ va „Dekadaning eng sotuvchi Lotin artisti,“ deb eʼtirof etilgan. Selenaʼning eng omadli ashulalari 1994-va 1995-yillardagi „Amor Prohibido“ va „No Me Queda Más“ boʻldi. Selenaʼni The New York Times gazetasi „meksikalik Madonna,“ deb atagan.
Selena 23 yoshida uning muxlislari klubi prezidenti Yolanda Saldívar tomonidan oʻldirildi. 1995-yil 12-aprelida, Selena vafotidan ikki hafta oʻtib, oʻsha paytda Texas gubernatori boʻlgan George W. Bush uning tugʻilgan kunini „Selena Kuni,“ deb eʼlon qildi.Orozco, Cynthia E. Quintanilla Pérez, Selena. The Handbook of Texas online. Retrieved on 29-may 2009-yil Warner Bros. unga baxsh qilib, 1997-yili Selena filmini chiqardi, unda bosh rolni Jennifer Lopez oʻynadi. Selena albomlari dunyo boʻlab 60 milliondan oshiq nusxada sotildi.
Diskografiyasi Selena (1989) Ven Conmigo (1990) Entre a Mi Mundo (1992) Selena Live! (1993) Amor Prohibido (1994) Dreaming of You (1995)
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayti
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:Amerikalik ayol filantroplar Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Amerikalik bola qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar