Mojariston yoki Vengriya (mojarcha: Magyarorszag) (rasman: Mojariston Respublikasi yoki Vengriya Respublikasi) (mojarcha: Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy oqimida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat . Maydoni — 93 ming km (dunyoda 108-oʻrin). Aholisi — 9 652 400Manba: Worldometer (www.Worldometers.info)
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Aholishunoslik boʻlimi tomonidan maʼlumotlarni ishlab chiqish. Jahon aholisining istiqbollari: 2024 yilgi qayta koʻrib chiqish. (Oʻrta tugʻilish varianti) kishi (2025-yil 14-yanvar, 35,920 sq mi, 95-oʻrin). Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, NATO, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti va BMTning aʼzosidir .
Aholisi 9,772,756 million kishi (2019). Poytaxti — Budapesht shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (mede) ga boʻlinadi. Budapesht alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Mamlakatning rasmiy tili Mojar tili.
Aholisi — 9 689 010 kishi. (2022), hududi — 93 036 km². Aholi soni boʻyicha dunyoda 93-oʻrinni, hududi boʻyicha 108-oʻrinni egallaydi.
Poytaxti — Budapesht. Davlat tili — venger.
Hukumat tizimi unitar parlamentli respublikadir.
2010-yil 29-maydan beri Bosh vazir lavozimini Viktor Orban egallab kelmoqda.
U 20 ta maʼmuriy-hududiy birlikka boʻlingan boʻlib, ulardan 19 tasi media , 1 tasi esa respublika boʻysunuvchi shahar boʻlib, mediaga teng.
Yevropaning markazida joylashgan dengizga chiqmagan kontinental davlat. Ukraina, Ruminiya, Slovakiya, Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya va Avstriya bilan quruqlik chegarasiga ega.
Dindorlarning aksariyati (aholining 54,5% ga yaqini) katolitsizmga eʼtiqod qiladi.
Iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan sanoat mamlakati. 2015-yilda nominal YaIM hajmi 137 milliard AQSH dollarini (aholi jon boshiga taxminan 13910 AQSh dollari) tashkil etdi. Pul birligi — Mojariston forinti (kurs, 2021-yil 2-iyun holatiga koʻra, 1 AQSh dollari uchun 283 forint).
1955-yildan BMT aʼzosi , 1973-yilda GATTga , 1982-yilda XVF va XTTBga , 1991-yilda Yevropa Kengashiga aʼzo boʻlgan. 1999-yildan — NATO aʼzosi , 2004-yildan — Yevropa Ittifoqi. 2011-yil 1-yanvardan boshlab Mojariston olti oy davomida Yevropa Ittifoqiga raislik qildi.
Davlat tuzumi Mojariston — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 20-avgustda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan F. Madl). Prezident mamlakat qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni hisoblanadi, hukumat boshligʻini tayinlaydi, qamal yoki favqulodda holat eʼlon qilish huquqiga ega. Uning vakolat muddati — 5 yil Qonun chiqaruvchi organi — parlament — Davlat majlisi. Uni aholi yalpi teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylaydi. Ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi boʻlib, unga bosh vazir boshchilik qiladi.
Tabiati Mamlakat hududi asosan tekislikdan iborat. Dunay daryosining soʻl sohili — Katta Oʻrta Dunayning bir qismida 100 — 200 m balandlikdagi tepaliklar uchraydi. Dunayning oʻng sohili 150–200 m balandlikdagi Dunantul oʻrqir tekisligi va Oʻrta Mojar togʻlarining massivlari (Bakon, Vertesh, Pilish, Mechek va boshqalar) dan iborat. Mamlakatning shimoli-gʻarbida Kichik Oʻrta Dunay pasttekisligining janubiy qismi (Kishalfyold), shimoli-sharqda Karpat togʻlarining etaklari (mamlakatning eng baland nuqtasi — Matra massividagi Kekesh togʻi, 1015 m), gʻarbda Alp togʻlarining yon bagʻri (balanadligi 500–800 m) joylashgan. Asosiy foydali qazilmalari: boksit, qoʻngʻir va toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, uran, marganes, temir rudalari. Balaton koʻli qirgʻoqlarida shifobaxsh termal va maʼdanli issiq suv buloqlari bor. Iqlimi — moʻtadil, kontinental. Yanvarda oʻrtacha temperatura — 2, —4 °C, iyulda 20, 22,5 °C. Yillik yogʻin miqdori sharqda 450 mm dan janubi-gʻarbda 900 mm gacha. Shar-qida qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Yogʻinning koʻpi yoz boshida va kuzda yogʻadi. Dunay daryosi Mojaristonni va uning poytaxti — Budapeshtni kesib oʻtadi. Uning irmoqlari — Tisa, Raba. Mojaristonda koʻllar kam, eng kattasi Balaton koʻli. Yerlarining koʻp qismi — qora tuproq. Togʻ va adirlarda qoʻngʻir oʻrmon va karbonatli chim. Tisa va Dunay vodiylarida allyuvial tuproqpar. Alfyoldda shoʻrlangan kam unum tuproqlar uchraydi. Mojariston hududining 17,6 % oʻrmon bilan qoplangan. Oʻrmonlar asosan togʻ yon bagʻirlarining 300– 400 m dan baland qismlarida saqlanib qolgan. Hayvonlardan quyon, dala sichqoni, yumronqoziq, tulki, tipratikan, qushlardan toʻrgʻay. Qorayaloq, qizilishton, boyqush. qamishzorlarda suv parrandalari uchraydi. Mojaristonda Qishbalaton qoʻriqxonasi, Tixan, Xortobad kabi milliy bogʻlar bor. Aholisi Aholining 97 % Mojarlar, shuningdek olmonlar, slovaklar, xorvatlar, ruminlar, yahudiylar, serblar, slovenlar, polyaklar, loʻlilar va boshqalar ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi: 1 km2ga 115 kishi toʻgʻri keladi, 62 % aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlar asosan katoliklar (64 %) va protestantlar (23 %). Rasmiy tili — mojar tili. Yirik shaharlari: Budapesht, Mishkols, Debresen, Seged, Pech.
Tarixi Mojariston hududida dastlabki manzilgohlar paleolit davrida paydo boʻlgan. Bu yerda skif, illiriy, kelt qabilalari yashagan. Mil. avv. I asr oxiri va mil. II asr boshlarida ularni Rim imperiyasi zabt etgan. Keyinchalik, xalqlarning buyuk koʻchishi davrida Mojariston hududida olmon va turkiy elatlar kelib joylashgan. VI asrda slavyanlar kelgan. Hozirgi vengmojarerlarning ajdodlari milodiy davr boshlarida Qora dengiz boʻylarida yashar edi. Koʻchmanchi chorvador mojar qabilalari IX asr oxirlarida gʻarbga siljib, hozirgi Mojariston hududiga kelib joylashgan. Mojariston davlatining shakllanishida 997 yil xristianlikning qabul qilinishi va knyaz Ishtvan Ining taxtga oʻtirishi muhim rol oʻynadi. U 1000-yilda oʻzini qirol va davlatni qirollik deb eʼlon qildi. X asrning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonchilik rivoj topdi, yerga xususiy mulkchilik kuchaya bordi. Moʻgʻullarning hujumi (1240—41) Mojaristonni vayron qildi. Bu davrda qirol Bela JV (1235—70) Avstriyaga qochdi. 1242-yilda bosqinchilar ketgach, qirol qaytib kelib, mamlakat xoʻjaligini qayta tiklash, mamlakatni mustahkamlash choralarini koʻrdi: mayda va oʻrta dvoryanlarga imtiyozlar berdi, qoʻshni davlatlar bilan aloqa oʻrnatdi. Uning vafotidan keyin feodal tarqoqlik kuchaydi. Karl Robert (1308—42) va uning oʻgʻli Layosh (Lyudovik) (1342—82) davrida hokimiyat markazlashtirilib, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga eʼtibor berildi.
XV asr boshidan Mojaristonga turklar tahdid soldi. Dastlab 1416-1418- yillarda turklar Mojariston jangga bostirib kirdi. Mamlakatdagi feodal tarqoqlik turklarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishga xalaqit berdi. Ichki nizolar kuchaydi, dehqonlarni ekspuluatatsiya qilish zoʻraydi. Oʻzaro urushlar, dehqonlar gʻalayoni mamlakatni tobora zaiflashtirdi. Moxach yaqinida mojarlar sulton Sulaymon armiyasiga yengilib (1526), Mojaristonning markaziy va janubiy qismi Turkiyaga (150 yil davomida) qaram boʻlib qoldi, gʻarbiy va shimoliy qismi Avstriyaga oʻtdi. Mojar dvoryanlari Avstriya monarxi Ferdinand Gabsburgni oʻz qiroli deb tan oldi. Mojaristonning sharqida Transilvaniya knyazligi tashkil topdi, keyinchalik u ham Avstriyaga qaram boʻlib qoldi (1858).
XVIII asr dan boshlab chet el zulmiga qarshi ozodlik kurashi kuchaydi, bu kurash Ferens II rahbarligida 10 yil davom etib, pirovardida magʻlubiyatga uchradi. 1711-yilgi Satmar sulhiga muvofiq, Avstriya oʻz taʼsirini butun Mojariston hududiga oʻtkaza boshladi. Gabsburglar oʻtkazgan qator islohotlar va „maʼrifatli absolyutizm“ siyosatiga qaramay, XVIII asr oxiridagi Fransuz burjua inqilobi taʼsirida Mojaristonda Avstriya hukmronligiga qarshi norozilik kuchaydi. 1848-yil 15-martda Mojaristonda pomeshchiklar tuzumi va Avstriya zulmiga qarshi inqilob boshlandi. 1849-yil 5-yanvarda Avstriya qoʻshinlari Mojariston poytaxtiga kirdi. Mojaristonning barcha qonunlari bekor qilindi, mamlakat Avstriyaning viloyatiga aylantirildi. 1867-yil Avstriya hukumati venrep hukmron doiralari bilan kelishib Avstriya-Mojariston monarxiyasini tuzdi.
Birinchi jahon urushi natijasida bu monarxiya parchalandi. 1918-yil oktabrdagi inqilob natijasida Mojariston mustaqil davlatga aylandi (16-noyabrda respublika deb eʼlon qilindi). 1919-yil 21-martda Mojariston Sovet Respublikasi boʻldi. U 1919-yil 1-avgustda agʻdarilgach, mamlakatda Xorti diktaturasi (1920—1944) oʻrnatildi. Mojariston Italiya va Olmoniya bilan yaqinlashdi. Mamlakat iqtisodiyoti Olmoniya fashizmiga xizmat qildirildi. Ikkinchi jahon urushida Olmoniyaning ittifoqchisi sifatida qatnashdi. 1944-yil martda gitlerchilar Mojaristonni bosib oldilar. Ular hokimiyat tepasiga F. Salashini qoʻydilar. 1944-yil sentabrda Mojariston olmon qoʻshinlaridan ozod qilina boshladi. 1944-yil 22-dekabrda tuzilgan Mojariston muvaqqqat milliy hukumati oradan 6 kun oʻtgach, Olmoniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945-yil 4-aprelda Mojariston olmon koʻshinlaridan butunlay ozod etildi. 1946-yil 1-fevralda Mojariston respublika deb eʼlon qilindi. 1949-yildan Mojariston Xalq Respublikasi deb ataldi. Mamlakatda sanoat, banklar, transport davlat ixtiyoriga olindi, yer islohoti oʻtkazildi. Kompartiyaning bir partiyali rejimi keng miqyosda ijtimoiy norozilikka sabab boʻldi. 1956-yil oktabrdagi xalq isyonida demokratik erkinliklar berilishi talab qilindi. Shoʻro qurolli kuchlari bu isyonni shafqatsizlarcha bostirdi. Varshava shartnomasidan chiqmoqchi ekanini eʼlon qilgan I. Nad huqumati qamoqqa olindi. Shundan keyingi yillarda Ya. Kadar boshchiligidagi mamlakat rahbariyati mafkuraviy murosa va xoʻjalik islohoti oʻtkazish yoʻli bilan Mojariston sotsialistik ishchi partiyasining mavqeini mustahkamlashga urindi. 1989-yilda 1949-yil gi konstitutsiya oʻzgartirilib, Mojariston demokratik huquqiy davlat deb eʼlon qilindi. 1989-yil 18-oktabrda mamlakat Mojariston Respublikasi deb ataldi. Mojariston 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 3-martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 15 mart — 1848—49 yil burjua inqilobining boshlanishi; 20-avgust — Mojariston davlati asoschisi Avliyo Ishtvan kuni; 23-oktabr—1956-yil inqilob va ozodlik kurashi boshlangan kun va 1989-yil Mojariston Respublikasi eʼlon qilingan kun.
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Mojariston ishchi partiyasi (1918-yilda asos solingan Mojariston Komunistik partiyasining vorisi, 1948-yildan Mojariston mehnatkashlar partiyasi deb atalgan. 1989-yil 7-oktabrdagi 14-sʼezdda partiya faoliyatini toʻxtatish va uning negizida sotsialistik ishchi partiyasini tuzishga qaror qilindi. Bu partiya 1993-yil martidan Mojariston ishchi partiyasi deb ataladigan boʻldi), Mojariston sotsialistik partiyasi (1989-yilda tashkil etilgan), Mojariston demokratik forumi (siyosiy tashkilot sifatida 1987-yilda tuzilgan), Erkin demokratlar ittifoqi (1988-yilda asos solingan va siyosiy partiya tariqasida 1989-yilda shakllangan). Kasaba uyushmalari: Mustaqil kasaba uyushmalari demokratik ligasi (1988-yilda mustaqil kasaba uyushmalarini birlashtirish maqsadida tuzilgan), Mojariston kasaba uyushmalari federatsiyasi (UmumMojariston kasaba uyushmalari negizida barpo etilgan; Taʼsis sʼezdi 1990-yilda boʻlgan).
Xoʻjaligi Mojariston — industrial-agrar mamlakat. Sanoati ilgʻor texnika bilan qurollangan, qishloq xoʻjaligi yuksak darajada rivojlangan. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35,5 %, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 12 %. Sanoati