UZINFOCOM — Oʻzbekiston Respublikasida davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yagona Integrator. 2002-yilda tashkil topgan. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibiga kiradiTizimdagi tashkilotlar.

Tarixi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmoni bilan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (OʻzAAA) huzurida „UZINFOCOM“ Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi davlat unitar korxonasi tashkil etildi. UZINFOCOM tomonidan barcha davlat organlariga kompyuter texnikalari, tarmoqlar hamda axborot xavfsizligi boʻyicha xizmatlar koʻrsatildi.

„UZINFOCOM“ markazi davlat unitar korxonasi 2017-yil 29-avgustda „Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator UZINFOCOM“ ga aylantirildi hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishlash uchun Mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazildi.

2022-yil aprel oyida Urganch shahrida UZINFOCOMning Xorazm viloyati boʻyicha hududiy boʻlimi ochildi.

2022-yil may oyida Farg‘ona shahrida UZINFOCOMning Farg‘ona viloyati boʻyicha hududiy boʻlimi ochildi.

Boshqaruv 2002—2005-yillar — Xadjaev Alisher Djuraqulovich 2005—2013-yillar — Rahimov Djalolatdin Kamiljanovich 2013—2015-yillar — Djurayev Ibroxim Djurayevich 2015—2016-yillar — Saidaliyev Gʻayratxoʻja GafarxoʻjayevichГайратходжа Сайдалиев утвержден на должность директора Центра UZINFOCOM 2016—2017-yillar — Isayev Xusan NurullayevichЦентр UZINFOCOM возглавил Хусан Исаев 2017-yil — Muxitdinov Aziz Hakimovich (vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi)В Центре UZINFOCOM сменилось руководство 2018-yil — Tagaliyev Ulugʻbek Abdunabiyevich (vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi)У центра Uzinfocom новый директор 2018-yil — Ugay Aleksandr Fedorovich 2018-yil — Poʻlatov Farrux Jaxongirovich 2018—2019-yillar — Rahimov Djalolatdin KamiljanovichДжалолатдин Рахимов возглавил UZINFOCOM 2019-yil 5-iyul — hozirgi kun - Gimranov Emil Ildarovich

Faoliyat Respublikamizdagi asosiy tashkilotlarning ilk veb-saytlari UZINFOCOM mutaxassislari tomonidan yozilgan.

2009-yilda UZINFOCOM mamlakatdagi birinchi maʼlumotlarni qayta ishlash markazi (DPC) operatori boʻldi (dc.uz).

Shuningdek, UZINFOCOM Oʻzbekiston Respublikasi „Elektron hukumat“ tizimining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining texnik operatori boʻlib, „my.gov.uz“ interaktiv davlat xizmatlari Yagona portali (YPXIS), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (pm.gov.uz), meningfikrim.uz jamoatchilik fikri portali faoliyatini ta’minlaydi.

2017-yil 29-avgustda UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratorga ПП-4321-сон 18.05.2019. О мерах по дальнейшему совершенствованию инфраструктуры цифровой экономики и системы «Электронное правительство» aylantirildi hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishlash uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi PQ-4321-son qarori О мерах по дальнейшему совершенствованию инфраструктуры цифровой экономики и системы «Электронное правительство» bilan UZINFOCOM ning davlat ulushi UMS kompaniyasiga oʻtkazildi.

Loyihalar Prezidentga murojaatlar portali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali .UZ domen zonasi ma'muriyati ZiyoNet ta'lim portali dc.uz Data-markazi Jamoatchilik fikri portali Elektron parlament Onlayn poliklinika

2022-yilda UZINFOCOM jamoasi Linux yadrosi asosida Xinux operatsion tizimini ishlab chiqishni boshladi.

Xalqaro hamkorlik 2002-yil 18-oktyabrda UZINFOCOM ICANN bilan shartnoma imzoladi va .UZ TLD maʼmuri boʻldi.

2022-yil iyun oyida Qirgʻizistonning SE Infocom kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Manbalar

Havolalar UZINFOCOM Turkum:Oʻzbekiston shirkatlari Turkum:Oʻzbekiston fan va texnologiya Turkum:Oʻzbekistonda aloqa Turkum:2002-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar