Yanvar (lotincha; Jānuārius mēnsis 'Yanus oyi' rimliklar xudosi Yanus nomidan) — Grigoriy kalendari boʻyicha yilning birinchi oyi. Yanvar 31 kundan iborat (yana qarang Kalendar).

Yerning shimoliy yarimshari boʻylab eng sovuq oy (qishning ikkinchi oyi) va janubiy yarimsharning katta qismida eng issiq oy hisoblanadi.

Boshqa tillarda Sichen (ukr.) Studzen (belorus.) Styczeń (pol.) Leden (chex.) Siječanj (xorv.) Sausis (lit.) Tammikuu (fin.)

Bayramlar Xalqaro 1-yanvar — Yangi yil. Kuba ozodlik kuni. Kamerun mustaqillik kuni.

Oʻzbekistonda 1-yanvar — Yangi yil 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Chet davlatlarda Turkum:Yil oylari