Abulxayrxon (1412—1468-yil) — tarixda Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati deb nom olgan davlat asoschisi. Tura (Gʻarbiy Sibir) xoni boʻlgan.

1446-yilda Abulxayrxon Sirdaryo boʻyidagi bir qancha shahar va qal’alar (Oqqoʻrgʻon, Arquq, Oʻzgan, Sigʻnoq, Suzoq)ni bosib oldi. 1447-yilda mamlakat poytaxti Sibirdan Sigʻnoqqa koʻchirildi. 1431-yilda Abulxayrxon Xorazmni bosib oldi. 1448-yilda koʻchmanchi oʻzbeklar Movarounnahrga bostirib kirdilar va Samarqandni qamal qildilar.

1451-yilda Abulxayrxon Abu Said bilan qoʻshilib yana Samarqandga yurish qildi va uni taxtga oʻtqazdi. Koʻchmanchi oʻzbeklar keyinchalik temuriylardan Muhammad Joʻqiyga ham koʻmaklashdilar (1460-62). thumb|Abulxayrxonnin rafiqasi Robiya sulton begimning Turkiston shahridagi maqbarasi Abulxayrxon davlati tarixini tarixchi Masud bin Osmani Kuhistoniy tasvirlab bergan. Tasavvufning taniqli vakili Najmiddin Kubro asos solgan tariqatning vakili Husayn Xorazmiyning Abulxayrxonga bagʻishlab turkiy tilda asar yozganNorik B. V., Rol' shibanidskikh praviteley v literaturnoy zhizni Maverannakhra XVI v.// Rakhmat-name, Spb.,2008, s.229.

Abulxayrxon oilasi aʼzolari adabiyotga ixlosmand edilar. Abulxayrxon taniqli shoir, tasavvufchi, tasavvuf tarafdori Jaloliddin Rumiy asarlarini tarjima qilishni buyurdiAllworth E., The modern Uzbeks. from the fourteenth century to the present. Stanford: Hoover institution press,1990,p.51.

Abulxayrxon vafotidan keyin uning dushmanlari (Iboqxon, Jonibek, Burka sulton, Yomgʻurchi, Muso mirzo, Ahmadxon) taxt vorisi Shayx Haydarni magʻlub qildilar va Koʻchmanchi oʻzbeklar davlatini qulatdilar. Lekin XV asrning 80-yillarida Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon oʻz raqiblari ustidan gʻalaba qozondi va hokimiyatni qoʻlga oldi. Manbalar

Adabiyotlar Oʻzbek sovet ensiklopediyasi, 1-jild. Toshkent, 1971-yil OʻzME, 1-jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Shayboniylar Turkum:1412-yilda tugʻilganlar Turkum:1468-yilda vafot etganlar Turkum:Qozogʻistonda vafot etganlar Turkum:Sibir xonligi hukmdorlari Turkum:Qozogʻiston tarixi Turkum:Markaziy Osiyo tarixi Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Xonlar Turkum:Oʻzbek xonligi kishilari Turkum:Borjigin Turkum:Buxoro xonligi kishilari