Xorazm viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1925-yil fevraldan 1938-yil yanvargacha Xorazm okrugi, 1938-yil 15-yanvarda viloyat maqomiga oʻtkazilgan. Viloyat shimol va shimoli- gʻarbdan Qoraqalpogʻiston respublikasi, janub va janubi-gʻarbdan Turkmaniston respublikasining Toshhovuz viloyati, janubi-sharqdan Turkmaniston respublikasining Lebap viloyati, sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Shaharlari — Urganch, Xiva, Hazorasp va Pitnak. Umumiy maydoni — 6,05 ming kvadrat kilometr. Maʼmuriy markazi — Urganch shahri. Xorazmning turizm markazi-Xiva shahri. Xorazmning sanoat markazi-Pitnak shahri. Xorazmning savdo va biznes markazi-Hazorasp shahri.

Etimologiyasi Xorazm soʻzi birinchi marta zardushtiylarning muqaddas kitobi „Avesto“da tilga olingan. Qadimgi xorazm tilidan tarjima qilingan Xorazm „pastlikdagi yer“, „oziq-ovqatli yer“ degan maʼnoni bildirgan degan fikrlar ham bor.

Tarixi Miloddan avvalgi VIII asrda xorazmliklar tomonidan asos solingan Markaziy Osiyodagi eng qadimiy davlatlardan biri tashkil topdi. Bu yerda massagetlar, saklar, apasaklar, oslar, daxlar va boshqalar qabilalari ham yashagan.

XII asrda Oʻrta Osiyoda qudratli Xorazmshohlar davlati tashkil topdi. U oʻzining eng gullab-yashnagan choʻqqisiga XIII asr boshlarida Alauddin Muhammad II davrida erishgan. Ammo imperiyaning gullagan davri uzoq davom etmadi va u moʻgʻullar bosqinidan natijasida Xorazmshohlar davlati quladi.

1920-yil fevral oyida Xiva xonligining vorisi sifatida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil topdi.

Hukmdor rasman taxtdan voz kechgach, 1920-yil 26-aprelda Birinchi Xorazm Qurultoyi (yigʻilishi) eʼlon qilindiKhorezm Peopleʼs Soviet Republic: Big Soviet Encyclopedia on-line edition. .

1923-yil 30-oktabrda XXSR Xorazm Sotsialistik Sovet Respublikasiga aylantirildi. Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish munosabati bilan Xorazm SSR tugatilishini eʼlon qildi. Xorazm SSRning oʻzbeklar yashaydigan 23 ta tumani yangidan tashkil qilingan Oʻzbekiston SSR tarkibiga Xorazm viloyati qilib kiritildi. U 1924-yilning kuzigacha, uning hududi Oʻzbekiston SSR (Xorazm viloyati tarkibida), Turkmaniston SSR va Qoraqalpogʻiston Muxtoriyati oʻrtasida boʻlingangacha mavjud edi.

1925—1930-yillarda va 1932—1938-yillarda Xorazm tumani tashkil etilgan. 1938-yil 15-yanvarda alohida viloyat sifatida tashkil topdi.

Xorazm algebra va algoritm asoschisi Muhammad bin Muso Al Xorazmiy va shar shaklidagi yer xaritasini yaratgan Abu Rayxon Beruniy hamda boshqa olim va arboblarning vatani hisoblanadi.

2003-yilda Xorazm viloyati Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan taqdirlangan. Maʼmuriy-hududiy tuzilishi Respublikaning shimoli-gʻarbida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, janubiy va janubi-gʻarbdan Turkmaniston, janubi-sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Tarkibida 11 qishloq tumani (Bogʻot, Gurlan, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Qoʻshkoʻpir, Hazorasp va Tuproqqal’a), 4 shahar (Urganch, Xiva, Hazorasp,Pitnak), 6shaharcha (Gurlan, Xonqa, Chalish, Shovot, Yangibozor, Qoʻshkoʻpir,), 100 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Maʼmuriy markazi Urganch shahri. Viloyatning boshqa katta shaharlari — Xiva, Hazorasp va Pitnak"" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Xorazm viloyatida 56 ta shahar tipidagi aholi punktlari bor. 2020-yil mart oyida Hazorasp tumanining sharqiy qismidan yangi Tuproqqalʼa tumani tashkil etildiDecree 23 March 2020, 184-IV, LexUZ..2025 yilda tumanga boʻysunuvchi Hazorasp,Xonqa,Shovot,Gurlan va Qoʻshkoʻpir shaharlari tashkil topdi.

Aholisi Viloyat aholisi 2026.07.01 holatiga koʻra 2 079 500 kishi, 682 700 kishi shaharlarda,1 396 800 kishiqishloq joylarda yashaydi. Hududlar kesimidagi aholi soni:

Urganch tumani — 226 000 kishi,60 MFY Hazorasp tumani — 215 300 kishi,44 MFY Xonqa tumani — 206 400 kishi,44 MFY Qoʻshkoʻpir tumani — 189 100 kishi,50 MFY Shovot tumani — 187 600 kishi,55 MFY Bogʻot tumani — 183 700 kishi,43 MFY Gurlan tumani — 163 300 kishi,50 MFY Xiva tumani — 161 900 kishi,39 MFY Urganch shahri — 158 000 kishi ,38 MFY Yangiariq tumani — 127 900 kishi,39 MFY Xiva shahri — 102 100 kishi,21 MFY Yangibozor tumani — 95 900 kishi,30 MFY Tuproqqal’a tumani — 62 300 kishi,18 MFY

Aholisining etnik tarkibi Qadimda Xorazmda yashovchi oʻzbek qabilalari bir necha etnik guruhlar boʻlib, ular Abulgʻoziy Bahodirxon (1643-1664) tomonidan 4 guruh (toʻp)ga boʻlingan. Har bir guruhga 2 qabila (birinchi guruhga uygʻur va nayman, ikkinchisiga qoʻngʻirot va qiyot, uchinchisiga nukuz va mangʻit, toʻrtinchisiga qangʻli va qipchoqlar) birlashtirilgan. Shuningdek, bir necha qabila qoldiqlari (jaloyir, kenagas, doʻrmon, yuz, ming, shix, qatagʻon) va ayrim etnik guruhlar (alieli, xoʻjaeli va sayidlar) mavjud boʻlgan. Amudaryodan suv oladigan kanallar va sugʻoriladigan yerlarning katta qismi shu qabila va urugʻlarga taqsimlab berilgan va ular asta-sekin oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Qolgan guruhlar Xorazmda juda kam boʻlib (bular qoʻngʻirotlar va boshqalar) viloyatning Gurlan va Shovot tumanlari, mangʻitlar Gurlan tumani va Shovot tumani (AnbarManaq)da, qiyotlar Shovot tumanida, qipchoqlar Urganch, Shovot va Qoʻshkoʻpir tumanlari, doʻrmonlar Urganch va Shovot (Anbar Manaq) tumanlarida, xidireli Urganch va Xivada, toma Xonqa va Bogʻot tumanlarida joylashgan.

Aholi zichligi 2026-yilda 342 kishi/km2.

Milliy etnik tarkibi 2026.01.01.

oʻzbeklar 2 029 155 kishi (98%)

turkmanlar 10,715 ming kishi (0,5%)

qozoqlar. 10,728 ming kishi (0,5%)

Iqtisodiyoti Viloyatda 32 ta xorijiy investitsiyali qoʻshma korxona faoliyat yuritadi. Ular budjeti 1997-yilda 301,7 million AQSh dollarini tashkil etdi. Viloyat iqtisodiyoti paxtani qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatiga asoslangan. Koʻp sonli paxta tozalash zavodlari, neft qazib oladigan va ipak yigiradigan fabrikalar, toʻqimachilik va vinochilik korxonalari va hokazolar. Shuningdek, qurilish materiallarini ishlab chiqarish taraqqiy etgan. Xiva gilam fabrikasida tayyorlangan gilamlar butun dunyoga mashhur.

Mashinasozlik va toʻqimachilik tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Mahalliy qishloq xoʻjaligining asosiy yoʻnalishi — albatta, paxtadir. Boshoqlilar, ayniqsa, guruch yetishtirish soʻnggi bir necha yilda keskin oshdi. Shuningdek, koʻplab bogʻ va uzumzorlar, qovun va qovoq plantatsiyalari bor, kartoshka dalalari butun viloyatni qamrab olgan. Shakar tozalash zavodi qurilishi rejalashtirilmoqda. Viloyat iqtisodiy jihatdan oʻsishga tayyor.

Mazkur sohalarga eʼtibor qaratilsa, quyidagilarga erishish ehtimol qilinmoqda:

Paxta, ipak xom ashyosi va boshqa mahalliy zaxiralardan foydalanadigan mavjud korxonalarni taʼmirlash, texnik zamonaviylashtirish va kengaytirish. Paxta tolasini qayta ishlash jarayonini yaxshilash va oshirish, ip, gazlama, paxta yigiruv ipi va gilamlar tayyorlash va eksport qilish zarur.

Mavjud oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini yangilash va yangilarini, ayniqsa, mevalar, uzum, sabzavot, qovun va qovoq bilan bogʻliq korxonalarni tashkil etish. Goʻsht-sut mahsulotlariga asoslangan korxonalar kengaytirilishi kerak.

Oʻrab-joylash uskunalarini ishlab chiqarish. Idish materialarining yetishmasligi — eksportga moʻljallangan tomat pastasi, oʻsimlik yogʻi, turli turdagi jem va marmeladlar ishlab chiqarish yoʻlida jiddiy toʻsiq boʻlmoqda.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun viloyatga xorijiy investitsiyalar koʻrinishida qariyb 52,1 million AQSh dollari zarur. Xorazm viloyati temiryoʻllari umumiy uzunligi 130 km dan ortiq. Viloyat Rossiyaning Yevropa qismi va Kavkaz bilan temiryoʻl orqali bogʻlangan. Yoʻllarning umumiy uzunligi — 2 300 km, shoh koʻchalar 2 000 km masofaga yastangan. Viloyat aviareyslari Xorazmni butun Markaziy Osiyo, shuningdek, Rossiya mintaqalarining katta qismi va MDH bilan birlashtiradi. Xiva — xalqaro sayyohlikning katta markazi. 1997-yilda Xiva oʻzining 2500-yilligini nishonladi. Xiva atrofida sayyohlikni yanada rivojlantirish uchun koʻp ishlar qilindi.

Tabiati Iqlimi keskin kontinental, oʻrtamiyona sovuq qish va quruq issiq yoz boʻladi. Viloyat choʻl zonasida, Xorazm vohasining gʻarbiy qismida, oʻrtacha 100 m balandlikda joylashgan. Relyefi pasttekislikdan iborat. Amudaryo qadimgi deltasining bir qismi boʻlib, daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan. Qoraqum choʻliga tutashgan gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismi qum bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan ohaktosh, qum, gil va boshqa qurilish materiallari bor. Qishi moʻtadil sovuq, qor kam yogʻadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi −5°, eng past temperatura −32°. Yozi issiq, quruq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°, eng yuqori temperatura 47°. Vegetatsiya davri 200-210 kun. Yiliga 78–79 mm yogʻin tushadi, asosan, mart-aprel oylarida yogʻadi. Shimoliy va shimoli-sharqiy shamollar esadi. Yagona daryosi — Amudaryo viloyat hududida keng vodiy boʻylab oqadi, qirgʻoqlari past, shu sababli toshqin boʻlib turadi. Toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Amudaryo suvidan yirik kanallar yerdamida ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Viloyat janubida mayda shoʻr koʻl, botqoqlik va shoʻrxok koʻp. Tuproqlari Amudaryoning allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryo vodiysida oʻtloqi va oʻtloqi-botqoq tuproqlar, gʻarbida qumliklar uchraydi. Sugʻoriladigan yerlarda, asosan, boʻz tuproq boʻlib, kuchli shoʻrlangan. Viloyat hududining asosiy qismi haydaladigan yerlar. Amudaryo qirgʻoqlaridagi toʻqayzorlarda terak, tol, jiyda, yulgʻun, kandir, qumliklarda saksovul va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, kemiruvchilar, sudraluvchilar, toʻqayzorlarda toʻqay mushugi, chiyaboʻri; qushlardan toʻrgʻay, oʻrdaklar, kulrang gʻoz, oqqush, birqozon, baliqchi, dehqonchumchuq, qizilishton, zargʻaldoq va boshqalar bor. Suv havzalarida ondatra va nutriya iqlimlashtirilgan.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (96,3 %), shuningdek, turkman, rus, qozoq, tatar, koreys, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 231,6 kishi. Shaharliklar 321,7 ming kishi, qishloq aholisi 1091 ming kishi (2004).

Hududiy boʻlinishi thumb|right|350px

Tuman nomi Tuman markazi 1 Bogʻot tumaniBogʻot 2 Gurlan tumaniGurlan 3 Xonqa tumaniXonqa 4Tuproqqal’a tumaniPitnak shahri 5 Xiva tumaniShomoxulum(qishloq) 6 Qoʻshkoʻpir tumaniQoʻshkoʻpir 7 Shovot tumaniShovot 8 Urganch tumaniQorovul (qishloq) 9 Yangiariq tumaniYangiariq 10 Yangibozor tumaniYangibozor (Yangibozor tumani) 11Hazorasp tumaniHazorasp shahri

Xoʻjaligi va sanoati Xorazm viloyati iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi bilan birga sanoat ham salmoqli oʻrinni egallaydi. Paxta tolasi, kalava ip, gilam, oziq-ovqat mahsulotlari, mashina uskunalari eksport qilinadi. Viloyatda paxta tozalash sanoati rivojlangan (barcha tuman markazlari va Urganch shahrida paxta tozalash zavodlari bor). Gurlan, Bogʻot, Xonqa, Urganch, Xiva va Hazoraspda toʻqimachilik, pillachilik, tikuvchilik; Xivada gilam fabrikasi, „Xiva gilami“ aksiyadorlik jamiyati ishlab turibdi. Faoliyat koʻrsatayotgan jami korxona va tashkilotlar 13748 ta. Mikrofirmalar soni 11340 dan ziyod (2004).

Viloyatda 36 qoʻshma korxona va ularning filiallari ishlab turibdi. Oʻzbekiston — Turkiya „Bagat Tekstil“, „Xorazm-Nurtop“, „SemurgʻSanTe“, „Xorazm Tekstil“, „Memgilam“; Oʻzbekiston — AQSh „Amerozindustriyes“, „Xiva malikasi“, „Nurlayt“, „Rahnamo Hyp“; Oʻzbekiston — Germaniya „Unixo“, „OʻzOlmonXotelz“, „Xiva Karpet“; Oʻzbekiston-Britaniya „Xiva“; Oʻzbekiston-Rossiya „NamunaAgrofud“; Oʻzbekiston — Italiya „Meva“; Oʻzbekiston-Ukraina „KiyevXorazm“; Oʻzbekiston — Xitoy „Aziya Tekstil LTD“; Oʻzbekiston-Turkmaniston „GʻayratXumoyun“ va boshqa shular jumlasidandir.