Jasur Hasanov (1983-yilning 2-avgustida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, qanot vingeri va yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati Hasanov futbolchilik faoliyatini 16 yoshida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ futbol klubida boshlagan. 2003-yilgi mavsum oldidan Oʻzbekistonning boshqa jamoasi – Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi. Ikki yildan soʻng Muborakning „Mashʼal“ jamoasiga kelib qoʻshildi. Muborakliklar safida ilk bor Osiyo chempionlar ligasida qatnashdi va xalqaro maydonda dastlabki gollarini kiritdi. 2008-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu jamoa safidagi ilk mavsumidayoq Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. U bu muvaffaqiyatni keyingi ikki yil ichida takrorladi. 2010-yilda Qatarning „Lahviya“ klubiga oʻtdi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2007-yilda oʻtkazgan. Terma jamoa bilan JARda boʻlib oʻtgan jahon chempionati saralashida ishtirok etdi. 2011-yilda Osiyo Kubogiga chaqirilgan. Oʻzbekistonliklar oʻz guruhida 1-oʻrinni egallab, musobaqada toʻrtinchi oʻrinni olishdi.

Bunyodkor Hasanov 2007-yilda Oʻzbekiston Ligasi kumush medallari sovrindori boʻlgan boʻlgan „Bunyodkor“ bilan shartnoma imzoladi. U tez orada jamoaning asosiy aʼzosiga aylandi va „Bunyodkor“ni 2008-yilda, 2009 va 2010-yillarda esa ilk bor Oʻzbekiston Ligasi chempionligiga olib keldi. 2009-yilda u Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi, jamoadoshi Rivaldo va Odil Ahmedovga yutqazdi.

Laxviya 2010-yilda Hasanov Qatarning „Lahviya“ klubiga ijaraga berildi. Hasanov ularga klub 1-ligaga chiqqan birinchi yilida Qatar Yulduzlar ligasida ilk bor chempion boʻlishlariga yordam berdi. 2011-yilning 7-iyulida Hasanov „Lahviya“dagi ijara muddati tugaganidan keyin „Bunyodkor“ga qaytgani maʼlum boʻldi.

Qatar SC 2011-yilning 24-avgustida Hasanov boshqa klub – Qatar SC klubiga 1 yillik shartnoma asosida ijaraga berilgani yana OAVda tasdiqlandi. Qatar SC raisi Nosir Al Tani kelishuvdan mamnunligini bildirdi. Oʻtgan mavsumda „Lexviya“ bilan bir qator yaxshi va barqaror oʻyin koʻrsatgan Hasanov bilan shartnoma imzolaganimizdan juda xursandmiz. U Oʻzbekiston milliy terma jamoasida ham eng yaxshi oʻyinchi. U katta muvaffaqiyatga erishishiga ishonchimiz komil", – dedi rasmiy Qatar SC vakili. U jamoada doimiy boshlangʻich oʻn bir oʻrinni egallay olmagach, klubni tark etdi.

Xalqaro Xasanov futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida 2007-yildan buyon oʻynab kelmoqda, u 2007-yilning 22-avgust kuni Ukraina terma jamoasi bilan oʻyinda milliy terma jamoada debyut qilgan.

2011-yil (5ta oʻyin, yarim finalchiga aylangan) va 2015-yil (2ta oʻyin) Osiyo kubogining final turnirlarida ishtirok etgan.

Xalqaro gollar №SanaStadionRaqibHisobNatijaMusoboqa12011-yil 2-yanvarSharja stadioni2-2DurangOʻrtoqlik uchrashuvi22012-yil 8-iyunCamille Chamoun stadioni, Bayrut1-1Durang2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar

Jamoaviy

Oʻzbekiston chempioni (5): 2008, 2009, 2010, 2011, 2013 Qatar chempioni: 2010/11 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (7): 2005, 2007, 2012, 2014, 2015, 2017, 2021 Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (2): 2003, 2004 Oʻzbekiston Kubogi sohibi (6): 2008, 2010, 2012, 2013, 2014, 2018 Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2007-yil

Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2015-yil

Individual AFC kubogi toʻpurari: 2022

Manbalar

Havolalar Bunyodkor PFK saytidagi profillar Jasur Hasanov Milliy terma jamoalar futbol saytida Jasur Hasanov Footballdatabase saytidagi profili Jasur Hasanov Soccerway saytidagi profili Jasur Hasanov Transfermarkt saytidagi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Al-Duhail SC futbolchilari Turkum:Qatar SC futbolchilari Turkum:Emirates Klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi Oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari