|} Yekaterina Vikorovna Xilko (1982-yil 25-mart kuni Toshkentda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik gimnastikachi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi. Pekinda boʻlib oʻtgan 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sohibasiYekaterina Khilko at Sports Reference.

Biografiyasi 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2000-yilda u Sidneydagi Olimpiya oʻyinlarida qatnashdi, ammo atigi 4-oʻrinni egalladi. 2004-yilda u Afinada boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida qatnashdi, ammo yana muvaffaqiyatsiz. 2006-yili Osiyo oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2008-yilda Pekin Olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2009-yilda u jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2010-yilda u yana Osiyo oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2012-yilda u Londonda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida qatnashdi, ammo hech qanday sovrinni qoʻlga kirita olmadi.

Yutuqlari va mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2001) Oʻzbekiston iftixori (2008)

Manbalar

Havolalar UzReport:Pekin 2008: Yekaterina Xilko bronza medal sohibi! Gov.uz-Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli…

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston olimpiya gimnastikachilari Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchilar Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medallari sovrindorlari Turkum:2000-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi gimnastikachilar Turkum:2004-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi gimnastikachilar Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi gimnastikachilar Turkum:2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi gimnastikachilar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol batutchilar Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida bronza medali olgan sportchilari Turkum:Gimnastika boʻyicha Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari bronza medali sohiblari Turkum:21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida bronza medali olgan sportchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar