Jean Vigo (; 1905-yil 26-aprel — 1934-yil 5-oktyabr) — fransuz kinorejissyori, 1930-yillar jahon kinematografiyasidagi poetik realizm oqimining shakllanishiga ulkan hissa qoʻshgan ijodkor.
Hayoti
U Emili Klero dastlab anarxist, keyinchalik sotsialist boʻlgan siyosiy faol Migel Almereydaning oilasida dunyoga kelgan. Otasining siyosiy faoliyati sababli bolalik yillarida oilasi bilan birga doimiy hukumatdan yashirinib, tez-tez turar joylarini oʻzgartirishga majbur boʻlgan. Otasi qamoqqa olingan va 1917-yil 13-avgustda Fren qamoqxonasida, ehtimol, oʻldirilgan, ammo uning oʻlimi rasman oʻz joniga qasd qilish deb eʼlon qilingan. Baʼzilar Almereydaning oʻlimi urush davridagi xiyonati uchun keyinchalik jazolangan radikallar partiyasi siyosatchilari Lui Malvi va Jozef Kayo buyrugʻi bilan yashirilgan, deb taxmin qilgan. Shaxsini yashirish maqsadida yosh Vigo keyinchalik Jean Sales degan soxta ism bilan internat maktabga yuborilgan.
Vigo 1929-yil yanvarida Elizabet „Lidu“ Lozinska (1906–1939)ga uylangan va 1931-yilda ularning qizi — keyinchalik kino tanqidchisi boʻlgan Luce Vigo dunyoga kelgan. U anarxistlar davralari bilan aloqada boʻlgan, 1932-yildan esa Kommunistik partiyaga yaqinlashib, Inqilobchi yozuvchilar va rassomlar uyushmasining aʼzosi boʻlgan.
1934-yilda sakkiz yil oldin yuqtirgan sil kasalligining asoratlaridan vafot etgan.
Ijodi
Vigo fransuz va jahon kinosining keyingi rivojiga taʼsir koʻrsatgan ikki filmi bilan mashhur, „Xulqi uchun nol“ (1933) va „Atalanta“ (1934). Tanqidchi Devid Tomson „Kino haqidagi yangi biografik lugʻat“ asarida „Xulqi uchun nol“ni maʼqullab, uni „qirq toʻrt daqiqa davom etuvchi, garchi dagʻal tasvirga olingan boʻlsada, anarxiyaga oid kreshendo“ deb taʼriflagan.
„Atalanta“ Vigoning yagona toʻliq metrajli filmi edi. Yangi oila qurgan juftlikning ajralishi va qayta birlashishi haqidagi ushbu sodda hikoya filmning tabiiy, realistik kino tilini jilokor, xayoliy sahnalar hamda vizual effektlari bilan uygʻunlashtiradi. Kinotanqidchi Devid Tomson ushbu asarni „kinoning haqiqiy taʼrifi va umumiy kinematografiya tarixida mutlaqo alohida oʻrin tutuvchi film“ deya yuqori baholagan.
Vigoning faoliyati yana ikki film bilan boshlangan, „Nitssa haqida“ (À propos de Nice, 1930) — Nitssa kurort shahridagi ijtimoiy tengsizlikni koʻrib chiqqan, sovet kinoxronikalaridan ilhomlangan buzgʻunchi ovozsiz film va suzuvchi Jan Taris haqidagi qisqa metrajli hujjatli film „Jan Taris, suzish boʻyicha chempion“ (1931). Uning toʻrtta filmidan birortasi ham moliyaviy muvaffaqiyat qozonmagan, bir paytlar oʻzining va rafiqasining sogʻligʻi yomonlashgan paytda Vigo kamerasini sotishga majbur boʻlgan.
„Xulqi uchun nol“ filmini Fransiya hukumati urush tugagunga qadar taqiqlab qoʻygan, „Atalanta“ filmni ijaraga olganlar bazi joylarini qirqib tashlab, buzib koʻrsatgan. Ikkala film ham oʻz tanqidchilaridan uzoqroq umr koʻrdi, „Atalanta“ „Sight & Sound“ jurnalining 1962-yilgi soʻrovnomasida barcha davrlarning eng buyuk 10-filmi, 1992-yilgi soʻrovnomasida esa 6-eng yaxshi filmi deb topilgan. 1980-yillar oxirida Britaniya milliy kino va televideniye arxivida „Atalanta“ning 1934-yilgi nusxasi topilgan va u filmni asl holiga qaytarishda asosiy omil boʻlgan.
"Vigo faoliyati haqida „The New York Times“ jurnalida kino tanqidchi Endryu Jonston shunday deb yozgan: „Buyuk sanʼatkorlar safida Kits va Shelli kabi, isteʼdodi ayni porlagan pallada hayotdan erta koʻz yumgan, nima boʻlishi mumkinligidan darak beradigan bir nechta ajoyib asar qoldirgan yosh ijodkorlar kam. Biroq shunday sanʼatkorlardan biri — 1934-yilda 29 yoshida sil kasalligidan vafot etgan fransuz rejissyori Jan Vigosidir“
Filmografiyasi
Yil Film nomi Asl nomi Izoh 1930 „Nitssa haqida“ À propos de Nice Ovozsiz film 1931 „Jan Taris, suzish chempioni“ La Natation par Jean Taris yoki Taris, roi de l’eau Qisqa metrajli hujjatli film 1933 „Xulqi uchun nol“ Zéro de conduite Urushdan keyingacha taqiqlangan 1934 „Atalanta“ L’Atalante Yagona toʻliq metrajli film
Manbalar
Havolalar
Jan Vigo — IMDb saytida Jan Vigo — „Senses of Cinema“: buyuk rejissyorlar tanqidiy maʼlumotlar bazasi Jan Vigo — Anarxistlar ensiklopediyasida Jan Vigo — Bibliotheca Augustana „Punto de Vista“ festivali Jan Vigoni doimiy yoʻnalish va yoʻlboshchi deb biladi
Turkum:26-aprelda tugʻilganlar
Turkum:1905-yilda tugʻilganlar
Turkum:1934-yilda vafot etganlar
Turkum:Fransiyalik kinorejissyorlar